29
tajribalarni millat taraqqiyotining asosiga qo‘ya olganligi sababli XIX asrning
birinchi yarmida qoloq mamlakatdan, asr oxirida
Evropa taraqqiyotining
avangardiga aylangan edi. Nemis xalqiga xos yana bir fazilat o‘z faoliyatlarini
maqsadga muvofiqligi tomon yo‘naltira olish va o‘ta mehnatkashlik hisobidan
bunday yuksak taraqqiyotga erisha olgan edi.
Yaponiya XIX asrning so‘nggi choragida dunyoviy taraqqiyot yo‘liga kirgan
bo‘lsa ham, lekin ularning davlat mafkurasida sharqona mustabidchilikka xos
elementlar kuchli tarzda saqlanib qolgan edi, bularni biz sintoizmni umumyapon
millatining manfaatlarini ifoda etuvchi yagona mafkuraga aylantirilganligi va
imperator shaxsini ilohiylashtirilishi natijasida o‘ta markazlashgan hokimiyat
tizimining shakllanishida ko‘ramiz va bu Yaponiyaning XX asr o‘rtalarigacha
dunyoviy, demokratik davlat bo‘lib shakllanishiga xalal beradi.
Yaponiyaning dunyo taraqqiyotidagi xozirgi mavqeiga ega bo‘lishi uchun
zarur eng muhim omil ularning milliy ruhida, milliy an‘anasida o‘z aksini
topganligidadir.
Milliy ong va tafakkurning kanday mazmunda ekanligiga
va uning dunyoviy
taraqqiyotiga mos kelishi darajasiga qarab millatning shu bugungi xolatini aniqlash
mumkin.
Demak, millatga xos belgilar, an‘analar, urf-odat va marosimlar qay darajada
dunyoviy taraqqiyot mezonlariga mos kelishi yoki kelmasligi saralab olinadi va
millat taraqqiyotining asosiga quyiladi. Shuning uchun ham har qanday millatga
xos bulgan an‘ana, urf-odatlar muqarrar tarzda milliy meros tushunchasi ostiga
kiradi. Lekin ana shu milliy merosning millatning keyingi dunyoviy taraqqiyotiga
xizmat qila oladigan qismi
milliy qadriyatlar sifatida e‘zozlanishi zarur.
O‘zbek xalqi xam Germaniya va Yaponiya tajribalarini umumlashtirib olgan
holda dunyoviy taraqqiyot asoslarini yaratishdek buyuk maqsadni o‘z oldiga
qo‘yar ekan, butun odamlar bir tanu bir jon bo‘lib ishlashi, harakat qilishi zarur.
Ko‘rinib
turibdiki, ta‘limni isloh qilish va rivojlantirish asosidagi milliy
istiqlol g‘oyasi biqiq hodisa emas, balki ajdodlarimiz va insoniyat erishgan eng
namunali yutuqlardan oziq oladigan hayotbaxsh hodisadir.
Maktab va pedagogik muammolarni mamlakatimizda, shuningdek, butun
dunyoda ro‘y berayotgan voqealardan ajratgan holda muhokama qilib bo‘lmaydi.
Evropa va Sharq, Yaqin va O`rta Sharqning bozor iqtisodiyotiga o‘tishi, amalga
oshirilayotgan demokratik o ‗zgarishlar, yangi siyosiy fikrlashning vujudga kelishi,
davlatlarda ichki va tashqi ziddiyatlarni muzokara va bitimlar yo‘li bilan bartaraf
etishga
intilish, sayyoramizda ijtimoiy moddiy madaniyatning rivojlanishi yangi
bosqichga kirganini ko‘rsatmoqda. Insoniyatning ijtimoiy va tabiiy muhitdagi
yashash muvozanati beqarorligi, uning tabiatga tushadigan og`irligi nihoyat
darajada kengayotgani va tabiatga munosabat shunday davom etsa butun yer
biosferasida halokatli o`zgarishlar sodir bo ‗lishini anglatmoqda.
Mana shu umumlashtiruvchi ijtimoiy tadqiqotlar orqali tabiat va jamiyatining
o‘zaro bog`liqligini, mufassal o ‗rganish zarur.
Hozirgi kunda qator xalqaro muammolarning yechimini topish uchun maktab
va pedagogika fani yangicha yondashishi, butun dunyoda inson huquqlarining
yuksak darajada ustunligini tan olishi, xalqlarning intelektual
boyliklari jahon
30
ijtimoiy fan texnika taraqqiyotining qudratli omili bo‘lishi, ta‘limga innovatsion
yondashuv rivojlanishi lozim. Jamiyat yangilanishining hozirgi bosqichida maktab
ta`limini demokratlashtirish, insonparvarlashtirish va tabaqalashtirish sohasida
qator islohotlar amalga oshirilmoqda.
Maktabni qayta qurish prinsiplarini amalga oshirish har doim istalgan natijani
bermaydi, ba‘zan o‘ziga xos ziddiyatlarni keltirib chiqaradi. Demokratlashtirish
o‘rniga o‘zboshimchalik, intizomning bo‘shashib ketishi, ta‘lim sifatining pasayib
ketishi, tabaqalanish o‘rniga tor yo‘nalishdagi mashqlarga alohida e‘tibor berish,
ayrim fanlarni afzal ko`rish va boshqa fanlarni pisand qilmaslik hollari kuzatilishi
mumkin. Natijada o‘qitish va tarbiyalash ishlarida tartibsizliklar sodir bo‘lishi,
umumiy ta`lim saviyasining pasayishi yuzaga kelishi mumkin.
Amaliyotdan ma‘lumki, ta‘limning dolzarb muammolarini hal qilish uchun
xalqimizning madaniy me‘rosini o‘rganish, chet el tajribalarini o‘zlashtirish talab
etiladi. Shuning uchun oliy o‘quv yurtida pedagogika
fanining strategik
yo‘nalishlari: ta‘lim-tarbiyada pedagogik merosni o‘rganish va uni hozirgi
bosqichdagi ta‘lim bilan taqqoslash; o‘qituvchilarning amaliy tayyorgarlik
saviyasini oshirish; qobiliyatli, iste‘dodli o‘qituvchilarni aniqlash; umumiy
yo‘nalishlar va kasb-hunar ta‘limini innovatsion texnologiyalar bilan boyitish
zarur. Ta`lim tizimimiz va boshqa milliy ta‘lim tizimlari shakllanish tarixi
baynalminallikdir. Bu baynalminallik faqat pedagogik hamkorlikka emas,
balki
o‘xshash jarayonlarga iqtisodiy, ijtimoiy voqealarga, yangi axborot texnologiyasi
va ta`limning qudratli infrastrukturasiga bog ‗liqdir.
Hozirgi pedagogika fani hamda ta‘lim muassasalari oldida o‗rganish,
taqqoslash, xulosalash zarur bo‘lgan qator muammolar turibdi. Ularni hal qilish,
samaradorligini oshirish va xalq ta‘limi tizimiga joriy qilish muhimdir:
1. Ta ‗lim tizimi rivojlanishini rag‘batlantiradigan qonunlar qanday bo‘lishi
kerak?
2. Ta lim va tarbiya vositalarining samaradorligini oshirish uchun nima qilish
zarur?
3. Kelajakni ta‘minlash va erishilgan yutuqlarni yo`qotmaslik uchun ta‘lim
mazmuni qanday bo‗lishi kerak?
4. Yetarli darajada yuqori saviyali ilmiy bilim berish uchun nima qilish kerak?
5. O‗qitish jarayoniga innovatsiyani joriy etish, turli xalqlarning madaniyatini
o`rganish, ta‘limda ulkan amaliy tajribalarni umumlashtirish zarur.
Zamonaviy
ta‘lim
mazmunini
yoritish,
jahon
ta‘lim
tizimiga
integratsiyalash, ta‘lim sohasidagi innovasiyalar va yangiliklarni qo‘llagan holda
jamiyatning rivojlanishini ta‘minlaydigan yoshlarni voyaga etkazish va tarbiyalash
borasida mustaqillik yillarida bir qator o‘zbek olimlari faoliyat olib borishdi. Bular
qatoriga: M.Ochilov, K.Hoshimov, A.Munavvarov, R.Mavlonova, S.Nishonova,
O.Musulmonova, K.Zaripov, O.Roziqov, X.Ibragimov,
TERDU rektori? va
hokazolarni kiritish mumkin.
Dostları ilə paylaş: