42
1953 yilning oktabridan BMT Bosh Assambleyasi YUNISEFni o‘zining
doimiy organiga aylantirdi. Endi u Birlashgan Millatlar Tashkilotining bolalar
fondiga aylandi. Lekin uning kafolatlari va vazifalari to‘laligicha saqlab qolindi.
1960 yillardan boshlab YUNISEF bolalar manfaatlarini global himoya qiluvchi
zabardast organga aylandi.
1965 yilda YUNISEFning Nobel mukofotiga sazovor bo‘lishi, xalqaro bolalar
hayotida naqadar xayriya va saxovat manbai bo‘lib shakllanganligini to‘la e‘tirof
etilishi bo‘ldi.
Hozirgi kunda ham YUNISEF bolalar
manfaatlarini himoya qilishga, ularni
sog‘lom, o‘qimishli bo‘lib o‘sishlariga ko‘maklashish, bolalar o‘limini oldini olish,
ommaviy qirg‘in keltiruvchi va boshqa xavfli kasalliklardan muhofaza qilish,
onalik va bolalikni
himoya qilish, loaqal qizlar hamda o‘g‘il bolalarga bepul
boshlang‘ich ma‘lumot berish, ular farovonligini ta‘minlash ishlariga asosiy
e‘tiborni qaratmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgach, bu saxovatli
tashkilot bizning mamlakatimizda ham insonparvarlik faoliyatini boshlab yubordi.
Respublikamizda YUNISEF faoliyatining asosiy yo‘nalishlari onalik va
bolalikni himoya qilish, ularga kerak tibbiy yordam ko‘rsatish, to‘laqonli ta‘lim
berish, turmush sharoitini yaxshilashning ijtimoiy kafolatini himoya qilishdan
iborat. Shuningdek, YUNISEF respublikamizda onalar va bolalar kasalliklarini
oldini olish, ularni 100 foiz immunizatsiya qilish, bolalarni chechak, ich terlama,
difteriya, poliomilit, ko‘k yo‘tal, quturish kabi kasalliklardan himoya qilish kabi
amaliy ishlarni bajarmoqda. Xuddi shu maqsadda so‘nggi yillarda o‘zbekistonlik
bolalarga vaksina keltirilmoqda. YUNISEF dasturiga
asosan dori-darmonlar,
tibbiyot anjomlari va boshqa zarur narsalar olib kelinmoqda, ommaviy tushuntirish
ishlari olib borilmoqda, turli plakatlar, yo‘riqnomalar, qo‘llanmalar nashr
qilinmoqda.
YUNISEF ta‘limni amalga oshirishga ko‘maklashishda ham faol
qatnashmoqda. Ayniqsa, bu tashkilot maktabgacha tarbiya va boshlang‘ich
ta‘limga ko‘proq yo‘naltirilgan. Albatta, YUNISEFning ta‘lim bo‘yicha dasturida
ko‘zda tutilgan bir qator ishlar ham loyiha bosqichida turibdi.
1990 yilda jahonning 71 davlati rahbarlarining oliy darajadagi tarixiy
uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu uchrashuvda bolalar
manfaatlarini himoya qilish
masalasi ko‘rib chiqildi. Bolalar sog‘lig‘ini ta‘minlash, ularga bilim berish, ular
huquqlarini himoya qilish, to‘q va farovon bolalikni ta‘minlash bo‘yicha 27 aniq
maqsadni ko‘zlovchi qaror qabul qilingan edi. Bugungi kungacha bu qaror 153
mamlakatda amalga oshirib kelinmoqda. Bizning Respublikamizda ham bu xalqaro
hujjatni amalga oshirish bo‘yicha ―Milliy harakat dasturi‖ ishlab chiqilgan.
MOT (XMT) Inson huquqlarini hurmat qilish, ularning mehnat turmush
sharoitini yaxshilash, ish bilan ta‘minlashni yo‘lga qo‘yish, mehnatkashlarning
jamiyat talablariga mos kasb bilan ta‘minlash ularning kasb mahoratlarini oshirish,
iqtisodiy ahvolini yaxshilash kabi ijtimoiy adolat tamoyillarini
amalga oshiruvchi
xalqaro tashkilot — MOT (xalqaro mehnat tashkiloti) birinchi jahon urushidan
keyin tashkil qilingan edi.
43
Uning tashkil etilishiga birinchi jahon urushi oqibati, jahonda yuzaga kelgan
ijtimoiy-iqtisodiy holat sabab bo‘ldi. Chunki, jahonda ro‘y berayotgan barcha
ijtimoiy iqtisodiy islohotlar jahon miqyosida aks etmog‘i ko‘zda tutilgan edi.
XMTning eng noyob xususiyati shundaki, unda ish beruvchilar va
mehnatkashlar
iqtisodiyotda
ijtimoiy
hamkorligini
shakllantiradi,
davlat
muassasalari bilan teng huquq, tashkilotning siyosati va faoliyati dasturini ishlab
chiqishda ishtirok etadi.
Oradan 25 yil o‘tgandan keyin XMTning Filadelfiya
Konferensiyasida uning
maqsad va vazifalari kengaytirildi, jahonning rivojlangan, rivojlanayotgan
davlatlari o‘rtasida aholini mehnat va mehnatga tayyorlash bo‘yicha hamkorligini
yo‘lga qo‘yish masalalari eng dolzarb masala sifatida qabul qilindi.
1946
yildan
XMT
Birlashgan
Millatlar
Tashkilotining
birinchi
ixtisoslashtirilgan muassasasiga aylantirildi. 1969 yilda uning faoliyati Nobel
mukofoti bilan taqdirlashga loyiq deb topildi.
XMT hozir quyidagi vazifalarni bajarmoqda:
1. Mehnatkashlarning ish sharoitini va turmush tarzini yaxshilash, ishga
joylasha olish qobiliyatini oshirish;
2. Xalqaro mehnat
normativlarini joriy etish, uni qo‘llanishini nazorat qilish;
3. Keng ko‘lamda xalqaro texnik-texnologik hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, bu
sohada davlatlar o‘rtasida faol hamkorlikni va bu siyosatni samarali amalga
oshirishni yo‘lga qo‘yish;
4. Professional tayyorgarlik, hunar-texnika ta‘limi umumiy tadqiqotlar,
nashriyotlar sohasida faoliyat ko‘rsatish va hokazolar.
Bundan tashqari XMT o‘zining qudratli o‘quv markaziga ham ega. Bu o‘quv
markazi Italiyaning Turin shahrida bo‘lib, yiliga unda 170 mamlakatdan 60 mingga
yaqin kishilar mehnatga tayyorlash, ta‘limni tashkil etish kabi eng zamonaviy va
dolzarb sohalarda o‘qitiladi.
Shuningdek, XMT tasarrufida Jeneva shahrida ijtimoiy mehnat bo‘yicha
tadqiqotlar olib boruvchi xalqaro institut ishlab turibdi.
XMTning oliy organi – har yili o‘tkaziladigan xalqaro
Konferensiyadir. Unda
mehnatni
tashkil qilish, uning xalqaro huquqiy asoslarini takomillashtiris h, mehnat
ta‘limini amalga oshirish va boshqa dolzarb masalalar ko‘rib chiqiladi.
Konferensiya ishiga ma‘muriy kengash rahbarlik qiladi. Bu kengash tarkibida 28
hukumat, 14 mehnatkashlar, 14 ish bilan ta‘minlovchi vakillar bor. Unga doimiy
rahbarlikni xalqaro mehnat byurosi amalga oshiradi. Byuroga esa Bosh direktor
rahbarlik qiladi.
O‘bekiston Respublikasi XMTga 1992 yil 13 iyulda a‘zo bo‘lib, o‘zaro
munosabatlar yaxshi rivojlanmoqda. Bu hamkorlik:
a) O‘zbekiston fuqarolarini ish bilan ta‘minlash;
6) mehnat taqsimoti, ish bilan ta‘minlash, kasblarga o‘qitish
masalalarida chet ellarda malaka oshirish;
v) aholini kam ta‘minlangan qismini ijtimoiy himoya qilish;
g) kasb ta‘limini yo‘lga qo‘yish yo‘nalishlarida rivojlanmoqda.
Respublika ishchi kuchlarini
xalqaro meyorga olib chiqish, kasb ta‘limini
takomillashtirishga bag‘ishlangan bir qator seminar-kengashlar XMT, Respublika
44
xalq ta‘limi va mehnat vazirliklari bilan hamkorlikda o‘tkazilib kelinadi. XMT
bilan hamkorlikning yangi bosqich va yo‘nalishlarda rivojlantirish choralari
ko‘rilmoqda.
Dostları ilə paylaş: