G. N. Najmiddinova O’. U. Qurbonova


Niderlandiya ta’limining ayrim masalalari



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/109
tarix19.05.2023
ölçüsü1,32 Mb.
#117982
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   109
@pp kitoblar qiyosiy ped

4.6 Niderlandiya ta’limining ayrim masalalari 
 
Niderlandiyaning yer maydoni 42 ming km kv bo‘lib, unda 15 million aholi 
istiqomat qiladi. Uning shimoliy dengiz bo‘yida uch daryo Reyn, Maasa, Sxelde 
dengizga quyilish joyida joylashganligi, Niderlandiyaga katta geografik qulaylik 
tug‘diradi. Shu tufayli ham aholining katta qismi kemasozlik, turizm, tranzit 
yuklarni kemalar bilan tashib berish bilan band. Ishga yaroqli aholidan 6 millioni 
yoki 67 foizi maishiy xizmat ko‘rsatish sohasida, 28 foizi sanoatda, 5 foizi qishloq 
xo‘jaligi va baliqchilik xo‘jaliklarida mehnat qiladi. Davlat tuzimi – konstitutsion 
monarxiya, uning o‘z parlamenti ham faoliyat ko‘rsatadi. Bu mamlakat 12 
viloyatdan tashkil topgan, poytaxti Amsterdam shahridir.
Niderlandiya kichik mamlakat bo‘lsada, lekin xalqaro ijtimoiy, iqtisodiy, 
siyosiy hayotda faol ishtirok etadi. Hozirgi Birlashgan Millatlar Tashkilotining 
o‘tmishdoshi bo‘lgan millatlar ligasi aynan birinchi bor Niderlandiyada tashkil 


89 
etilgan edi. Bu mamlakatda 1899, 1907-yillarda xalqaro tinchlik konferensiyalari 
bo‘lib o‘tgan. Hozir xalqaro arbitaj, xalqaro sud shu mamlakatning Gaaga 
shahrining Tinchlik saroyida joylashgan. Uning siyosati tinchlik siyosatidir. U 
xalqaro tinchlikni saqlash tashkilotlarining a‘zosi, tinchlik forumlarining 
barchasida faol qatnashadi. U BMT, NATO, EES, Yevropa Iqtisodiy 
Hamjamiyatining faol a‘zosidir. Ikkinchi jahon urushidan keyin Niderlandiyada 
qudratli industriya‘ni barpo etish ishlari boshlandi.
Niderlandiya ta‘lim tizimlarining shakllanish davri 1789 yilda fransuz 
revolyutsiyasi natijasida paydo bo‘lgan Bativ Respublikasi davriga to‘g‘ri keladi. 
Hozirgi kunda mamlakatning 75 foiz maktablari xususiy shaxslar, tashkilotlar va 
jamiyatlar tomonidan, shu jumladan xrestian yoki katolik cherkovlari tamonidan 
tashkil etilgan.
Bu mamlakatda ta‘lim tizimi 7-3-2 shakldadir. Boshlang‘ich ta‘lim 
maktabgacha tarbiya bilan qo‘shilgan.
Ta‘lim tizimi bosqichlari: 
— boshlang‘ich ta‘lim; 
— o‘rta ta‘lim;
— maxsus ta‘lim; 
— oliy ta‘lim;
— chet elliklar uchun ta‘lim.
Bu mamlakatda 4 yoshdan kichik bolalar uchun o‘quv-tarbiya muassasalari 
yo‘q. Bolalar yaslilari mavjud, lekin ular ta‘lim vazirligi tasarrufida emas.

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin