G. N. Najmiddinova O’. U. Qurbonova



Yüklə 1,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/109
tarix19.05.2023
ölçüsü1,32 Mb.
#117982
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   109
@pp kitoblar qiyosiy ped

Maxsus ta’lim 
Niderlandiya‘ning maxsus maktablarida nogiron, aqli zaif, jismoniy 
nuqsonlarga ega bo‘lgan bolalar tarbiyalanadi.
Bunday turdagi maktablar ikki toifaga bo‘linadi: 
1. Boshlang‘ich; 
2. O‘rta.


91 
U 8 yoshdan 21 yoshgacha bo‘lganlar uchun mo‘ljallangan. Bunday o‘quv
muassasalariga qo‘yiladigan asosiy talab tezroq ruhiy, jismoniy nosog‘lom 
bolalarni boshlang‘ich va o‘rta maktabga tayyorlab berishni ta‘minlashdan iborat.
Katta yoshdagilar ta’limi 
So‘nggi yillarda Niderlandiyada katta yoshli fuqarolarning bilim olishga 
qiziqishi ortib bormoqda. Aksariyat bu toifadagi kishilar ilgari turli sabablar bilan 
ta‘lim olishga imkoniyatlari bo‘lmagan kishilardir. Mana shunday kishilarning 
bilim olishga bo‘lgan ishtiyoqini qondirish uchun mamlakatda ochiq maktablar, 
ochiq universitetlar tashkil etilgan. Bu o‘quv muassasalarida o‘quv mashg‘ulotlari 
mustaqil yoki ishdan so‘ng amalga oshiriladi. 
Yoshlar. Hozir kunda Niderlandiyada mamlakat umumiy aholisining 40 
foizini 25 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil etadi. Mamlakat yoshlar siyosatining 
asosiy yo‘nalishi ularni ma‘lumotli, kasb-korli qilishga, yoshlarni mamlakat 
ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy hayotida faol ishtirok etishini ta‘minlash, ularning 
ko‘ngilli dam olishlarini namunali tashkil etishni ta‘minlashga qaratilgan.
So‘ngi yillarda mamlakatda yoshlarning ijtimoiy istiqbollari keskin o‘zgardi. 
Ularda hayotiy jarayonlarga qiziqish ancha kuchaydi, shuningdek ular o‘z 
muammolarini o‘zlari mustaqil hal qilishga tobora intilmoqda.
Yoshlar boshqa mamlakatlardagi tengdoshlari singari jamiyatdagi o‘z o‘rnini 
topish va uni mustahkamlash uchun kurashmoqdalar.
Yoshlar siyosatiga oid, davlat ahamiyatiga molik masalalarni faravonlik, 
sog‘liqni saqlash va madaniyat ishlari vazirligi hal etadi. Bu vazirlik boshqa 
vazirliklar bilan hamjihatlikda yoshlar ehtiyojlarini, shu jumladan ularni ish bilan, 
turar joy bilan ta‘minlash, moddiy farovonligini yaxshilash, ularga malakali tibbiy 
xizmat ko‘rsatish kabi masalalarni muvofiqlashtiradi, hal etadi.
Katta avlodning, boshqaruv ishidagi mansabdorlarning faoliyatida eng ko‘zga 
tashlangan soha yoshlarning ishsizligini tugatish, ularga keng ko‘lamdagi yordam 
uyushtirishga sidqidildan yondashayotganligidir. Niderlandiyada yoshlar ishlari 
bo‘yicha federatsiya mavjud bo‘lib, uning vazifasi hukumatda, parlamentda 
yoshlar manfaatlarini va ularning huquqlarini himoya qilishdan iborat.
Niderlandiyada qariyib 4 mln. yoshlar kunduzgi o‘quv bilan qamrab olingan. 
Mamlakatda majburiy ta‘lim bepul, katta yoshlilar maktablari va oliygohlarida 
pullikdir.
Ba‘zan maktablarda ota - onalar o‘quv tarbiya ishlarini amalga oshirish uchun 
o‘z mablag‘lari bilan yordam beradilar. Barcha o‘qtuvchi va tarbiyachilar maoshi 
davlat tomonidan ta‘minlanadi. O‘qituvchi to‘liq holda maosh olish uchun 
haftasiga 40 soat sarf etmog‘i kerak.
Rasmiy ma‘lumotlarga qaraganda, ta‘lim vazirligi Niderlandiyada eng qimmat 
turuvchi vazirlikdir. Unga Davlat ta‘lim sohasida bir yilga 29,6 milliard gulden 
mablag‘ sarf etadi. Bu davlat byudjetining 17 foizidir.
Niderlandiyada nafaqa yoshi erkaklar uchun ham ayollar uchun ham bir xil 65 
yosh. Nafaqa miqdori oiladagi kishilar soniga qarab belgilanadi.

Yüklə 1,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin