yil 5 oktyabrda Prezident I.Karimovning “Tadbirkorlik sub’ektlarini tekshirishni yanada qisqartirish va uning tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari
2005 yil 5 oktyabrda Prezident I.Karimovning “Tadbirkorlik sub’ektlarini tekshirishni yanada qisqartirish va uning tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi.
Prezident Islom Karimov 2007 yil 12 fevralda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2007 yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan majlisida 2007 yil uchun quyidagi ustuvor vazifalarni belgilab berdi:
1. Asosiy vazifa – iqtisodiyotning barqaror va mutanosib sur’atlarda o‘sishi hamda tarkibiy o‘zgarishlar va modernizatsiyalashni ta’minlash, uning muhim tarmoqlarini texnik va texnologik jihatdan yangilash, soliq siyosatini yanada erkinlashtirishdan iborat.
2. Ustuvor yo‘nalish – iqtisodits islohotlarni amalga oshirishda bundan buyon ham biznes, jumladan, xususiy biznes uchun zarur bo‘lgan barcha qulay sharoitlarni yaratishdan, davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini izchil kamaytirib borishdan iborat bo‘lib qolaveradi.
3. Muhim ustuvor yo‘nalish – xorijiy investitsiyalarni, birinchi galda, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb etish borasidagi ishlarni har tomonlama kuchaytirish.
4. Ustuvor vazifa – ish haqi miqdorini va aholi turmush darajasini izchil oshirib borishni ta’minlashdan iborat.
5. Eng muhim ustuvor masala – bu kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning jadal rivojlanishini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, shu asosda aholining bandligi va farovonligini oshirish muammolarini hal etishdan iborat.
6. Ustuvor vazifa – bank-moliya tizimida olib borilayotgan islohotlarni yanada chuqurlashtirish va ko‘lamini kengaytirishdan iborat.
7. Ustuvor yo‘nalish – bu kommunal xo‘jalik sohasida islohotlarni yanada chuqurlashtirishdir81.
Prezident Islom Karimovning «Mamlakatimiz taraqqiyoti va xalqimizning hayot darajasini yuksaltirish – barcha demokratik yangilanish va iqtisodiy islohotlarimizning pirovard maqsadidir” nomli kitobida Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yuksaltirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar va islohotlarni amalga oshirish dasturi ishlab chiqildi (“Xalq so‘zi”, 2007 yil 26 may).. Prezidentimiz bunda quyidagi masalalarga e’tibor qaratdi:
1. Dasturda belgilangan vazifalarni, belgilab olingan ustuvor (7 ta) yo‘nalishlarni hayotga joriy qilish uchun ularning ma’no-mazmuniga etib borish, davlat rahbarlaridan tortib har bir fuqarogacha uni amalga oshirishni burch va vazifa deb bilish.
2. Ongli fikrlar asosida astoydil mehnat qilish.
3. Biz hech kimdan kam bo‘lmagan erkin va farovon hayotni barpo qilish uchun mehr-oqibatli, fidoyi, oliyjanob bo‘lishimiz kerak.
4. Erishgan yutuqlarimizdan g‘ururlanish bilan birga hushyor bo‘lishimiz lozim.
5. Ma’naviy kuch-quvvat beradigan milliy qadriyatlarimizdan bahra olib, amaliy ishimizda ularni yanada mustahkamlab borishdan iborat.