G. Rafiqova F. Nishonova, O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fanidan ma’ruza matni



Yüklə 1,47 Mb.
səhifə75/104
tarix06.06.2023
ölçüsü1,47 Mb.
#125769
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   104
ozbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti

Barqarorlashtirish siyosati – bu avvalo makroiqtisodiyotda muvozanatni saqlash, ishlab chiqarishning keskin pasayishiga va ommaviy ishsizlikka yo‘l qo‘ymaslik.
Barqarorlashtirish siyosatining maqsadi – boshqarib bo‘lmaydigan, iqtisodiy pasayishga olib kelishi mumkin bo‘lgan ichki va tashqi muvozanatsizlikdan chetlab o‘tish, zarur bo‘lgan taqdirda uni to‘g‘rilashdan iborat.
Makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashning jahon tajribasidagi xilma-xil yondashuvlar quyidagilardan iborat:
1. Monetar yondashuv – deb atalib, chuqur iqtisodiy o‘zgarishlarni ta’minlaydi. Monetar yondashuv deb bunda pulning qadrsizlanish darajasini pasaytirib turishga, pul masalasini hamda to‘lovga qodir bo‘lgan jami talabni keskin kamaytirish hisobiga pul muomalasini barqarorlashtirishga asoslangan. Bu xil yondashuv chuqur iqtisodiy qayta o‘zgartirishlarni ta’minlamaydi, aksincha, ko‘pincha ishlab chiqarishning moddiy xajmlari kamayishiga, investitsiya faoliyati to‘xtab qolishga olib keladi. Monetar hech qachon ishlab chiqarishni tanglikdan olib chiqishga qodir bo‘lgan yagona yo‘naltiruvchi va hal qiluvchi kuch bo‘lgan emas. Barqarorlashtirish dasturini ishlab chiqarishda ana shu qattiq monetarizmga tayanmaslik kerak. Balki muvazanatga keltirgan monetar siyosatning asosiy tarmoqlarni, ishlab chiqarishni tarkiban qayta tashkil qilshni yo‘lga qo‘yish kerak.
2. Fiskal yondashuv – (soliqlar siyosati hamdir) – ishlab chiqarishni va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni rag‘batlantirishga, tarkibiy qayta tashkil qilishlarni amalga oshirishda ko‘maklashishga, iqtisodiyotda nomutanosibliklarga barham berishga asoslangan yondashuv. Bunda bir me’yorda qattiq moliyaviy va pul-kredit siyosati o‘tkaziladi, tovar bilan qoplashning iloji bo‘lmagan ortiqcha talablarni cheklash bo‘yicha tadbirlar bilan uzviy bog‘lab olib boriladi.
3. O‘zbekistonning o‘ziga xos yondashuvi: duchor bo‘lgan tanglikdan, uzoqqa cho‘zilgan chuqur tanglikdan ijtimoiy larzalarsiz va portlashlarsiz eson-omon chiqishdan iborat bo‘lib, bunga faqat ishlab chiqarishga tayangan holdagina erishish mumkin. 1999 yil 16 fevralda Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishida islohotlar islohot uchun emas, inson manfaatlari uchun degan tamoyilni ilgari surdi. O‘zbekiston o‘ziga hos bu yondashuvda aholini ijtimoiy himoya qilish, ijtimoiy adolat, ijtimoiy muhofaza qilish masalalariga diqqat qaratdi. O‘zbekiston iqtisodiy rivojlanishning jahon tajribasini, uning ayrim xususiyatlarini o‘rganish, ularga amal qilish bilan birga uning milliy xususiyatlari, demografik belgilari, bosqichma-bosqich asosida amalga oshirishga alohida e’tibor bermoqda. Masalan, agar 1991-1994 yillarda mayda xususiylashtirilgan bo‘lsa, 1994-2000 yillarda o‘rta mulklar davlat tasarrufidanchiqarish yo‘lga qo‘yildi va h. k.
MUHOKAMA UCHUN SAVOLLAR

  1. Bozor iqtisodiyotining mohiyati va asosiy belgilarini bayon eting?

  2. Demokratik jamiyat iqtisodiy hayotni erkinlashtirish tushunchasi va mazmunini nimalar tashkil qiladi?

  3. Prezident Islom Karimovning “O‘zbekiston – bozor munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li” asarida qanday prinsiplar izohlab berilgan?

  4. Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida davlat boshqaruvi qanday yo‘llar bilan nomarkazlashtiriladi?

  5. Raqobatning demokratik jamiyatni barpo etishdagi o‘rni qanday?

  6. Bozor infratuzilmasi qanday yo‘llar bilan shakllantiriladi?




Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin