ozbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti
Ijtimoiy yordam – qariligi, sog‘ligi, ijtimoiy axvoli, tirikchilik uchun etarli vositaar bilan ta’minlanmagani tufayli yordamga muhtoj fuqarolar to‘g‘risida davlat va jamiyatning g‘amxo‘rliligiga ijtimoiy yordam deyiladi. Bu yordam pensiyalar, nafaqalar to‘lash, kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam ko‘rsatish, 16 yoshgacha farzandi bo‘lgan, kam ta’minlangan oilalarga oylik nafaqa to‘lash, bemorlar va keksalarga xizmat ko‘rsatish, bolalarga g‘amxo‘rlik qilish ko‘rinishida amalga oshiriladi. Mehnatga layoqatsizlarni moddiy ta’minlashning qat’iy kafolatli tizimi ijtimoiy sug‘urta deyiladi. Bu tizim davlat tomonidan joriy etiladigan, nazorat qilinadigan va kafolatlanadigan keksalar, mehnatga layoqatsizlarni ta’minlash, yordam ko‘rsatish tizimidir.
Ijtimoiy ta’minot – keksaygan, mehnatga layoqatsiz bo‘lgan fuqarolarga moddiy, tibbiy va ijtimoiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha davlat tomonidan belgilangan ijtimoiy-iqtisodiy tadbirlar tizimi bo‘lib, ijtimoiy himoyaning muhim tarmog‘i hisoblanadi. Ijtimoiy ta’minot to‘g‘ridan-to‘g‘ri davlat byudjetidan ajratilgan mablag‘lar, homiylarning mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Pensiyalar va ijtimoiy nafaqalar to‘lovlari ijtimoiy ta’minotning eng muhim turlari hisoblanadi85.
Ijtimoiy himoyani amalga oshiradigan manbalar: I) davlat byudjeti, 2) ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi, 3) korxona va jamoat tashkilotlari mablag‘laridan tashkil topadi. 4) Aholini ijtimoiy himoya qilish masalalarini hal etish bo‘yicha xayriya jamg‘armalari ishtiroki ham mavjud. O‘z.Resining 2010 yilgacha bo‘lgan davrga mo‘ljallangan ijtimoiy himoya tizimining yagona konsepsiyasi ishlab chiqildi. Unda respublikada mavjud bo‘lgan ijtimoiy himoya va ijtimoiy yordam tizimi, pensiya ta’minoti, bolalarga nafaqa, yolg‘iz kishilarga xizmat ko‘rsatish va boshqalar amalga oshirilishi belgilangan. Ijtimoiy himoya ob’ektiga: nogironlar, nafaqaxo‘rlar, yosh bolalar, boquvchisini yo‘qotgan oilalar, vaqtincha mehnat kobiliyatini yo‘qotganlar, o‘qituvchilar, talabalar va h.k.tashkil etadi. SHu boisdan ham 2007 yil “ijtimoiy himoya yili” deb belgilanishida katta ma’no mavjud.