G. Rafiqova F. Nishonova, O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fanidan ma’ruza matni



Yüklə 1,47 Mb.
səhifə79/104
tarix06.06.2023
ölçüsü1,47 Mb.
#125769
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   104
ozbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti

Erkinlik qoidalari. Inson erkinligi azaldan yuqori maqomga ega. SHu bilan birga adolat va erkinlik munosabatlarida adolatni yagona qoidasiga aylantirish inson erkinligi, uning huquqlarini chegaralab qo‘yishi mumkin. Jumladan, taniqli fransuz faylasufi A.Kamyu shunday yozadi: “Mutloq adolat – erkinlikni rad etishdir. Erkinlik adolat va adolatsizlikka o‘z munosabatini ifoda etish imkoniyatisiz tasavvur etish mushkul”.
Aynan noto‘g‘ri tushunilgan adolat tushunchasi ta’sirida insonning erksizligi mubtalo bo‘lishi, uning huquqlarining poymol qilinishi demokratik qoidalarga ziddir. Jamiyatga teng erkinlik muxiti ustuvor darajada ta’minlanishi zarur. CHunki bu avvalo har bir jamiyat a’zosiga boshqalarning erkinligi zarar etkazmagan holda erkinlikka nisbatan teng huquqini ta’minlashni anglatadi. Adolat aslida erkinlik va tenglikni o‘ziga hos tarzda muvofaqlashtiruvchi mexanizim hisoblanadi.
Ijtimoiy foydalilik qoidasi. “Nima foidali bo‘lsa, o‘sha adolatli” qabilida ish ko‘rish ba’zan maqsad yo‘lida har qanday vositani oqlashga olib kelishi mumkin. Aslida shaxsiy va ijtimoiy manfatlar o‘rtasidagi ziddiyatlar ularning mosligi holatidan kam uchramaydi. SHu asnoda adolatni ziddiyatli manfatlar to‘qnash kelishi mumkin.
Har kimga qonunga binoan qoidasi. Jamiyatdagi mavjut adolat huquqiy tizimlarga, qonunlarga mos kelishi muhimdir. SHu ma’noda fuqaroning jamiyatga nisbatan xatti-harakatini munosib ravishda baxolash adolatning ijtimoiy tartibga majburlovchi tomoni hisoblanadi.
Ijtimoiy maqom qoidasi. Moddiy nematlar, imtiyozlar, hurmat-e’tibor, vakolatlarini shaxs qobiliyatlari, fazilatlari, axloqiy va kasbiy jihatlariga bog‘liq ravishda emas, balki uning maqomidan kelib chiqib taqsimlanishi jamiyat taraqqiyotiga bevosita salbiy ta’sir ko‘rsitmasligi mumkin, ammo shaxs-jamiyat munosabatlarini yoki shaxslararo munosabatlarni emiradigan xolatdir. Zero, ijtimoiy maqom va mavqeyga ko‘ra taqsimlash belgilari – meros, boylik xajmi, yosh, jins, millat va.x.k. hisoblanadi. Mafkuraviy, millatchilik, irqilik, va x.k. nuqtai nazarida yondashuv ham “kastali” adolatga olib keladi.

Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin