G. Rafiqova F. Nishonova, O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fanidan ma’ruza matni


-MAVZU. O‘ZBEKISTONNING JAHON HAMJAMIYATI BILAN HAMKORLIGIDA DEMOKRATIK TAMOYILLARGA ASOSLANISHI



Yüklə 1,47 Mb.
səhifə85/104
tarix06.06.2023
ölçüsü1,47 Mb.
#125769
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   104
ozbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti

7-MAVZU. O‘ZBEKISTONNING JAHON HAMJAMIYATI BILAN HAMKORLIGIDA DEMOKRATIK TAMOYILLARGA ASOSLANISHI

7.1. O‘zbekistonning jahon hamjamiyatining to‘laqonli


sub’ektiga aylanishi
Prezident Islom Karimov O‘zbekistonning xalqaro hamjamiyatga qo‘shilishining demokratik tamoyillari haqida. O‘zbekiston Respublikasi bugungi kunda O‘zbekistonni 170 dan ortiq davlat tan olgan, dunyodagi 130 ga yaqin mamlakat bilan rasmiy diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan. Respublikada 88 ta chet davlat vakolatxonalari ro‘yxatdan o‘tgan, 24 ta hukumatlararo tashkilot, 13 ta nohukumat tashkilotlari ishlab turibdi. Dunyodagi 30 dan ortiq davlatda O‘zbekiston elchixonalari va moliya tashkilotlari teng huquqli asosda ishlab turibdi. Jahonning 140 mamlakati bilan savdo-iktisodiy munosabatlar o‘rnatilgan. Toshkentda 35 mamlakat o‘z elchixonasini ochgan.
O‘zbekiston 1992 yil 2 martda BMTga qabul qilindi. O‘zbekiston Prezidentining tashabbusi bilan va BMT rahnomaligida 1995 yili Toshkentda Markaziy Osiyo mintaqaviy xavfsizlik muammolariga bag‘ishlangan xalqaro seminar bo‘lib o‘tdi. "O‘zbekiston,-degan edi Islom Karimov,- milliy manfaatlariga mos keladigan, ko‘p tomonlama faol tashqi siyosatni amalga oshirish - davlatimiz mustaqilligini mustahkamlash, iqtisodiy qiyinchiliklarni bartaraf etish va xalq turmushini yaxshilashning zarur sharti va g‘oyat muhim vositasidir". O‘zbekiston Prezidentining asosli mulohazalari bilan 1993 yil fevral oyida Toshkentda BMT vakolatxonasi ochildi.
BMT Ustavida va Xalqaro huquq prinsiplari bo‘yicha dekloratsiyada 7 ta asosiy prinsip qayd etilgan.
1) Kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik.
2) Ziddiyatlarni tinch yo‘l bilan bartaraf etish.
3) Aralashmaslik.
4) Xalqlarning teng huquqliligi va o‘z huquqlarini o‘zlari belgilashi.
5) Hamkorlik.
6) Davlatlarning suveren tengligi.
7) Xalqaro huquq bo‘yicha majburiyatlarni vijdonan bajarish.
Bular EXHKning 1975 yildagi YAkuniy aktida ro‘yxatga olinib, 3 ta prinsip bilan to‘ldirildi:
1) CHegaralarning daxlsizligi.
2) Hududiy yaxlitlik.
3) Inson huquqlarini hurmat qilish prinsiplari.
Prezident Islom Karimov "Bizning bosh maqsadimiz - jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir" ma’ruzasida (2005 yil 28 yanvarda) tashqi siyosatimizning ustuvor yo‘nalishlari haqida to‘xtalib:
1) dan, davlatimiz tashqi siyosatining ma’no-mazmuni va maqsadi bitta -u ham bo‘lsa, O‘zbekiston manfaati va yana bir bor O‘zbekiston manfaatidir.
2) Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni saqlash. Albatta bunda mintaqada strategik mavhumlik saqlanib qolayotganligini ham tan olish kerak.
3) "Qo‘shning tinch - sen tinch" hayotiy naqliga rioya etish.
4) BMT doirasida hamkorlikni rivojlantirish. SHuningdek, EXHT, Evropa Ittifoqi, NATO, AQSH, Rosiya, YAponiya, Xitoy, Germaniya, Fransiya va boshqa davlatlar bilan demokratik tamoyillar asosida aloqalarni rivojlantirish.
5) Xalqaro terrorizm va radikalizmga qarshi kurashda birdamlikni ta’minlash va h.k.

Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin