G. Z. Shodiyev, Sh. M. Egamqulova



Yüklə 479,84 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix30.09.2023
ölçüsü479,84 Kb.
#151153
  1   2   3
ZDIT0106




25 
«Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar: Nazariya 
va amaliyot» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya 
O’QITUVCHILARNING KASBIY KOMPENENTLIGINI 
RIVOJLANTIRISH VA TA’LIM SIFATINI BAHOLASH
1
G.Z.Shodiyev,
2
Sh.M.Egamqulova, 
3
S.Q.O'rozboqova 
Guliston shahar 16-maktab tarix fani o`qituvchilari 
maktab16gul@gmail.com 
https://doi.org/10.5281/zenodo.7509097 
Annotatsiya. 
Ushbu maqolada hozirgi davr ta’lim jarayonining sifati va 
samaradorligini oshirishda o‘qituvchi kasbiy mahoratining o’rni hamda 
amaliyotda qo’llash xususiyati to‘g‘risida to’xtalib o’tilgan.
 
Kalit so‘zlar
. Kompetentlik, kasbiy kompetentlik, texnologiya, bilim, 
ko’nikma, malaka, nutq, kreativlik. 
Kirish. 
O’zbekiston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyoti 
istiqbolini belgilash, jahon hamjamiyati mamlakatlari safidan munosib o’rin 
egallashga intilish yo’lidagi keng ko’lamli islohotlarni amalga oshirish bilan 
kechmoqda. Jahonning rivojlangan mamlakatlar tajribalarini o’rganish, mahalliy 
shart-sharoit, iqtisodiy va intelektual resurslarni inobatga olgan holda jamiyat 
hayotining barcha sohalarida tub islohotlarning amalga oshirilayotganligi 
yangidan-yangi yutuqlarga erishishni ta’minlamoqda. Turli sohalarda yo’lga 
qo’yilayotgan xalqaro hamkorlik garchi o’z samarasini berayotgan bo’lsa-da, 
biroq, milliy mustaqillikni har jihatdan mustahkamlash,erishilgan yutuqlarni 
boyitish, mavjud kamchiliklarni tezkor bartaraf etish jamiyat a’zolaridan alohida 
fidokorlik, jonbozlik, shijoat va qat’iyat talab etmoqda.
 
Adabiyotlar tahlili va metodologiya.
Psixologik-pedagogik adabiyotlarda, 
ko’pgina pedagogik olimlarning ilmiy ishlarida kompetentlik degan tushuncha 
keyingi paytlarda keng qo’llanilmoqda. Ta’lim tizimiga kompetentli yondashuv 
xorijiy adabiyotlarda o’tgan asrning 60-yillarida shakllana boshlagan. 
Kompetentlik- tushunchasi esa, shaxsning doimo o’sib boruvchi tasnifi bo’lib, 
real hayotiy vaziyatlarda yuzaga kelgan muammolarni yechish qobilyati,o’z 
bilimi, o’quv va hayotiy tajribalari, qadriyatlari va qiziqishlarini unga safarbar 
etish imkoniyatlari hisoblanadi. Kasbiy kompetentlik- mutaxassis tomonidan 
kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan bilim,ko’nikma va 
malakalarning egallanishi va ularni amalda yuqori darajada qo’llay olinishi 
demakdir.
Kasbiy kompetentlik mutaxassis tomonidan alohida bilim, malakalarning 
egallanishini emas, balki har bir mustaqil yo’nalish bo’yicha integrativ bilimlar 
va harakatlarning o’zlashtirilishini nazarda tutadi. Shuningdek, kompetentsiya 
musaxassislik bilimlarini doimo boyitib borishni, yangi axborotlarni o’rganishni, 



26 

Yüklə 479,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin