G’afforov muhammadaminning yalpi talab va uni hajmiga tasir etuvchi omillar mavzusida tayyorlagan


Buiday bogliqlik, shuningdek quyidagi narx omillari bilan izohlanadi



Yüklə 275,26 Kb.
səhifə2/4
tarix01.05.2023
ölçüsü275,26 Kb.
#105435
1   2   3   4
TAQDIMOT YALPI TALAB VA UNI HAJMIGA TASIR ETUVCHI OMILLAR

Buiday bogliqlik, shuningdek quyidagi narx omillari bilan izohlanadi:

  • Buiday bogliqlik, shuningdek quyidagi narx omillari bilan izohlanadi:
  • Foiz stavkasi samarasi;
  • Boylik samarasi yoki real kassa qoldiqlari samarasi;
  • Import xaridlar samarasi.
  • Foiz stavkasi samarasi yoki Keyns samarasi shuni bildiradiki, jami talabning egri chiziq bo’yicha surilishi narxlar darajasi o’zgarishining foiz stavkasiga bo’lgan ta’siriga bog’liq.
  • Demak, tovarlarning narx darajalari oshsa, iste’molchilarga xarid qilish uchun katta miqdorda naqd pul kerak bo’ladi. Ishbilarmonlar uchun ham ish haqi va boshqa xarajatlarni to’lashga katta miqdorda pul zarur bo’ladi. Qisqacha aytganda, tovarlar narxi darajalarining yuqoriligi pulga bo’lgan talabni oshiradi.
  • Pul taklifi hajmi o’zgarmagan holatda talabning oshishi foiz stavkasini ko’tarilishiga olib keladi. Foiz stavkalari yuqori bo’lgan sharoitda ishbilarmonlarning investitsiya tovarlariga bo’lgan talabi pasayadi.
  • Investitsiya xarajatlari umumiy talabning bir qismi bo’lganligi tufayli bu umumiy talab hajmining pasayishiga olib keladi.

P ↑→ Md↑ (Ms sonst) → R↑→ I ↓→ AD ↓

  • P ↑→ Md↑ (Ms sonst) → R↑→ I ↓→ AD ↓
  • Boylik samarasi yoki real kassa koldiqlari samarasi (Pigu samarasi) shuni bildiradiki, narxlar darjasining oshishi, nominal narxni oldindan belgilangan moliyaviy aktivlar (omonatlar, obligatsiyalar) real xarid qobiliyatini pasaytirib yuboradi. Bunday sharoitda aholi joriy daromadidan iste’mol xarajatlari miqdorini qisqartiradi, ya’ni iste’molga chegaraviy moyillik pasayib boradi. Masalan, muayyan shaxs aktivida 10 mln. so’m bo’lsa, undan hech ikkilanmasdan birorta avtomashina sotib olishi mumkin bo’ladi, agarda inflyatsiya ta’sirida mashina narxi 12 mln. so’mga ko’tarilsa, u mashina sotib ololmasligi mumkin va yana 2 mln. so’m jamg’arish uchun joriy davrda olgan ixtiyoridagi daromadidan ko’proq qismini jamg’aradi.
  • Iste’mol xarajati umumiy talabning bir qismi bo’lganligi tufayli uning kamayishi ADning pasayishiga olib keladi.
  •  
  • P ↑→ Moliyaviy S ↓
  • aktivlarning → AD↓
  • real qiymati S ↑
  •  
  • Import xaridlari samarasi shuni bildiradiki, biror mamlakatda tovar va xizmatlarning ichki narxlari tashqi narxlarga nisbatan oshib borsa, shu mamlakatda ishlab chiqarilayotgan tovar va xizmatlarga talab hajmi kamayadi va o’z navbatida shu mamlakatda import mahsulotlarga bo’lgan talab oshadi. Va, aksincha, ichki narxlarning pasayishi importning kamayishiga va eksportning oshishiga yoki milliy mahsulotga talab hajmi oshishiga olib keladi. Bu esa sof eksport hajmi orqali umumiy talab hajmiga ta’sir ko’rsatadi.
  •  
  • X↓
  • P↑ Xn↓→ AD↓
  • M↑

Yüklə 275,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin