Galaxy international interdisciplinary research journal (giirj) issn


GALAXY INTERNATIONAL INTERDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL (GIIRJ)



Yüklə 164,46 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix13.04.2023
ölçüsü164,46 Kb.
#97280
1   2   3   4   5
document

 
GALAXY INTERNATIONAL INTERDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL (GIIRJ) 
ISSN (E): 2347-6915 
Vol. 10, Issue 6, June (2022) 
365
vaqf mulklari bilan ta’minlandi. Shohruh Mirzoning mo‘tadil ichki va tashqi siyosati Xurosonda 
tinchlikning barqaror bo‘lishiga olib keldi. Bu davrda tijorat, hunarmandchilik, dehqonchilik 
yuqori darajada ko‘tarila boshladi. XIV-XV asrlarda Xurosonda kulolchilik san’ati, sopol 
buyumlar bilan bir qatorda suv inshootlarida, o’lkan binolar qurilishida ishlatiladigan sopol 
quvurlar, xilma-xil shakl va ranglar bilan jilolangan sopol koshinlar ishlab chiqarish keng 
yo‘lga qo‘yildi. 
Shohruh Mirzo mamlakat istiqbolini ko‘zlab Xitoy va Hindiston hukmdorlari bilan diplomatik 
munosabatlarni yaxshilashga xarakat qildi. Mazkur mamlakat elchilari Samarqand va Hirotda 
o‘z navbatida G‘iyosiddin Naqqosh raxbarligida Xitoyda, Abdurazzoq Samarqandiy 
boshchiligidagi elchilar Hindistonda bo‘ldilar. Shohruh Mirzo Hirot madrasa va xonaqoh bino 
qildirdi. Bu paytda poytaxt Hirot va umuman Xurosonda madaniy va miashiy qurilishlar keng 
quloch yozadi.
Hirotda bir necha shifoxonalar mavjud bo‘lib, bularning qatorida yana ikkita “Dorushshifo” 
quriladi. Bu shifoxonalarning bittasi Shohruhning uchinchi xotini Mulkat og‘o (Mulk og‘o) 
tarafidan, ikkinchisi esa Shohruhning nabirasi Alouddavla (1417-1460) tomonidan qurdirilgan 
edi. Mulkot og‘o ham Gavharshodbegim kabi Hirotda “Dorulhadis” nomli xonaqoh, ikkita 
hammom, Hirotdan 8 farsax narida, Amudaryoga boradigan yo‘l ustida bitta rabot Balx 
shahrida bir madrasa qurdirdi. 
Hirot qadim zamonlardan turli-tuman diniy va ilmiy kitoblarga boy shaharlardan hisoblangan. 
Shohruh Mirzoning ham ajoyib kutubxonasi bo‘lgan. Bu kutubxonalar qimmatli asarlarga 
boyligi va xilma-xilligi bilan shuhrat qozongan. 
Umuman sohibqiron Amir Temur vafotidan keyin Movarounnahr va Xurosonda Shohruh 
Mirzoning hukmdorlik davriga nisbatan osoyishtalik hukm surdi. Binobarin, Amir Temur 
boshlab bergan iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hayot o‘z rivojini topdi. 
Bu sulolaning buyuk namoyondalaridan biri Mirzo Ulug‘bek bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining farmoniga binoan 1994-yil Mirzo Ulug‘bek tavalludining 600 yilligi munosabati 
bilan mamlakatimizda katta tantanalar va xalqaro ilmiy anjumanlar o‘tkazildi. Parijda ham 
YUNESKO qarori bilan uchrashuvlar va konferensiyalar bo‘lib o‘tdi. 
Ulug‘bek 1394-yilning mart oyida Eronning g‘arbidagi Sultoniya shahrida, bobosi Temurning 
harbiy yurishi paytida tug‘ildi. U Shohruh Mirzoning to‘ng‘ich o‘g‘li bo‘lib, unga Muhammad 
Tarag‘ay ismi berilgan, lekin bolaligidayoq u Ulug‘bek deb atala boshlab, bu ism keyinchalik 
uning asosiy ismi bo‘lib qoldi. 
Ulug‘bekning ustozlaridan biri, munajjim Mavlono Ahmad bo‘lganligini taxmin qilish mumkin 
chunki bu kishi Temurning saroyidagi eng yirik olimlardan bo‘lib, sayyoralarning kelajak ikki 
yuz yillik taqvimlari jadvallarini tuza olgan. Lekin Ulug‘bekning o‘zi keyinchalik asosiy asari 
bo‘lmish “Ziji”da faqat Qozizoda Rumiyni “ustozim”deb ataydi. Haqiqatdan ham Qozizoda 1360- 
yilda tug‘ilgan bo‘lib, 20-25 yillarida ya’ni Ulug‘bek tug‘ilmasidanoq Temurning safiga o‘tadi. 
Natijada Ulug‘bek umrining ilk davridanoq Mavlono Ahmad va Qozizoda Rumiy kabi astronom 
va matematiklar ta’sirida ulg‘aydi. Shu sababli uning hayotida aniq fanlar muhim ahamiyat 
kasb etadi. 
Ulug‘bek yigirma yoshlarida o‘z davrining yirik olimlaridan bo‘lib, uning hokimligi davridagi 
muhim yangiliklar butun o‘rta asr madaniyati tarixida o’lkan ahamiyat kasb etdi. 



Yüklə 164,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin