2-tajriba. Xlorda metallarning yonishi. A)Ingichka mis simning bir uchini qizdirib, oldingi tajribada to’ldirilgan xlorli idishlardan biriga tushiring va uning xlorda yonishini kuzating. Reaksiya tenglamasini yozing.
B)Qog`oz varog`iga surma kukunidan ozroq solib, uni ikkinchi xlorli idishga oz-ozdan seping. Nima kuzatiladi? Reaksiya tenglamasini yozing.
3-tajriba. Xlorli suvning oksidlash xossalari. A)Probirkaga ko’k lakmus eritmasidan 0,5-1ml quying va unga oldingi tajribada hosil qilingan xlorli suvdan ozgina qo’shing. Eritmaning rangsizlanishini kuzating va sababini tushintiring.
B)Bitta probirkaga 2-3ml KBr eritmasidan, ikkinchi probirkaga 2-3ml KJ eritmasidan qo’shing va ularning har qaysisiga 0,3-0,5ml dan benzol (yoki benzin) qo’shing. Probirkalarni chayqating va benzol qavatining rangiga e’tibor bering.
Har qaysi probirkaga bir nechta tomchidan xlorli suv qo’shing. Benzol qavati rangining o’zgarishini kuzating. Xlorning brom va yodni ularning tuzlaridan siqib chiqarish reaksiyalari tenglamalarini yozing.
V)8-10 tomchi yangi tayyorlagan vodorod sulfidli suvga shuncha xlorli suv qo’shing. Qanday hodisa yuz beradi? Reaksiya tenglamasini yozing.
Dostları ilə paylaş: |