9-tajriba. Vodorod galogenidlarining kons. H2SO4 bilan o’zaro ta’siri. Uchta probirkaga NaCl, NaBr, NaJ (KCl, KBr, KJ) lardan 0,5-1g dan solib, har bir probirkaga 2-3ml kons. H2SO4 quying. Probirkalarni ohista qizdiring. Keyingi ikkita probirkada brom va yodning ajralib chiqishi natijasida eritmalar rangining o’zgarishini kuzating.
Vodorod galogenidlarning qaytaruvchi xossalarini bir-biriga solishtiring va tegishli reaksiya tenglamasini yozing.
10-tajriba. Vodorod yodidning olinishi. Rasmda ko’rsatilganidek asbob yig`ing. Tomizgich voronka o’rnatilgan quruq kolbaga yaxshi maydalangan 10g yod va yaxshi quritilgan 1g qizil fosfor solib aralashtiring. Voronkaga ozroq suv quyib uni kolbaga yod bilan fosfor aralashmasiga tomizing. Hosil bo’layotgan vodorod yodid gazini quruq probirkaga yig`ing va vodorod xloridini suvda eritish yo’li bilan, vodorod yodidni ham suvda eritish orqali yodid kislota eritmasini hosil qiling. Probirkada hosil bo’lgan eritmani indikator yordamida sinab ko’ring va uni keyingi tajriba uchun saqlab qo’ying.
Reaksiyaning ikki bosqichda borishini hisobga olgan holda reaksiya tenglamasini yozing.
Dostları ilə paylaş: |