1-tajriba. Xlor va xlorli suvning olinishi. Rasmda ko’rsatilgandek asbob yig`ing. Gaz o’tkazuvchi nay ulangan kolbaga 5g KMnO4 kristalidan soling va uni tomizgich voronka o’rnatilgan probka bilan berkiting. Tomizgich voronka kons. HCl eritmasidan 30 ml quying va jo’mragini sekin ochib, kislota eritmasidan KMnO4 ustiga tomchilatib qo’shing. Gaz o’tkazuvchi nay uchini silindrning tagigacha tushirib, ajralayotgan xlorni ikkita silindrga yig`ing, silindr og`zini shisha plastinka bilan bekitib qo’ying (gaz ajralishi sekinlashishi bilan kolbani ohista qizdiring). Idishning xlor bilan to’lganini idish orqasiga oq qog`oz tutib, rangidan bilish mumkin.
Xlorli suv (Cl2H2O) hosil qilish uchun yassi tubli kolbaga 50 ml suv quyib, uni xlor bilan to’yintiring. Xlor va xlorli suv solingan idishlarni keyingi tajribalar uchun qoldiring.