Ishning bajarish tartibi Yorug`lik manbaini difraksion panjaradan 1,5-2 m uzoqlikda o`rnatib, tok manbaiga ulang. Bunda nurlar dastasini tirqish orqali o`tib, difraksion panjaraga tushishini ta’minlang.
To`lqin uzunligini aniqlash uchun mo`ljallangan qurilmaning old qismiga difraksion panjarani o`rnatib, lampa, tirqish va difraksion panjara lampa bilan bir xil balandlikda bo`lishini ta’minlang.
Spektr tasviri shkala shitida hosil bo`lgancha shitni brusok ustida harakatlantiring.
Shitdagi shkaladan 1 va 2-tartibdagi qizil va binafsha nurlarning chegaralarini aniqlab ular orasidagi masofa "a" ni ulchang. (a masofani birinchi tartibli qizil yoki binafsha, xuddi shunday ikkinchi tartibli va hokazo tartibli spektrlar uchun ham olish mumkin).
Brusok bo`ylab difraksion panjaradan shkalagacha bo`lgan masofa "b" ni yozib oling.
"a" va "b" qiymatlarini (3) formulaga quyib ni aniqlang.
Topilgan qiymatlarni jadval ko`rinishida rasmiylashtiring.
23-jadval
№
d (м)
k
b (м)
(м)
(м)
(м)
(Å)
(Å)
1
2
3
4
5
O’rt. q
Nazоrat savоllari Difraktsiya hodisasini tushuntiring va u qanday sharoitda kuzatiladi. Gyuygens printsipi nima?
Qaysi nur difraksiya spektrda eng katta og`ish burchagiga ega bo`ladi?
Difraktsion panjara deb nimaga aytiladi?
. Difraktsion panjaraning max va min shartlarini yozing.
Ishni bajarish tartibini tushuntiring?
Frenel difraktsiyasi Fraungofer difraktsiyasidan nima bilan farq qiladi?
6 - TAJRIBA ISHI Malyus qonunini o’rganish
Ishning maqsadi: Yorug`lik qutblanishini o`rganish va Malyus qonunini tekshirish.
Kerakli jihozlar: optik taglik, yorug`lik manbai, polyarizator (yoki to`qimachilik ipidan doir shaklida yasalgan) va analizator, yorug`likni qayt qiluvchi qurilma va mikroampermetr.
Nazariy qism Yorug`lik elektromagnit to`lqin bo`lib, u ikkita o`zaro perpendikulyar tebranishlarning yig`indisidan iborat, ya’ni elektr va N magnit maydon kuchlanganlik vektorlarining tebranishidan hosil bo`ladi. Nurlanayotgan har bir yorug`lik manbai: quyosh, cho`qlanma lampa va h.k. ixtiyoriy yo`nalishda ya’ni turli tebranishlar tekisligi bo`yicha yorug`lik to`lqinlarini chiqaruvchi milliardlab molekulyalardan tashkil topgan. Bunday yorug`lik qutblanmagan bo`lib, unga tabiiy yorug’lik deyiladi (1.a - rasm). Elektr tebranishlari faqat bir tekislikda yuz beradigan yorug`likka yassi qugblangan yoruglik deb aitiladi (1.6-rasm) va u tekislik tebranishlar tekisligi deyiladi. Unga perpsndikulyar bo`lgan vektorining tebranishlar tekisligi esa qutblanish tekisligi deb aytiladi.