2.2. Oilada bolalarni umumrivojlantiruvchi mashqlarga o‘rgatish.
Umumrivojlantiruvchi mashqlar bolani rivojlantirish va sog‘lomlashtirishda muhim rol o‘ynaydi va yelka kamari, gavda, oyoq kabi yirik muskul guruhlarining harakatchan bo‘lishiga, muskullar taranglashuvi va bo‘shashuvi jarayonini normallashtirishga yordam beradi.
Bu mashqlarning vazifasi to‘g‘ri qaddi-qomatni shakllantirish, qon aylanish, nafas olish, almashish jarayonlari, asab tizimi faoliyatini yaxshilashdan iborat.
Oila tarbiyachisi oilada bolalarning chiroyli qomatini shakllantirish uchun bolalar bilan ertalabki badantarbiya, jismoniy mashg‘ulotlar jarayonida umumrivojlantiruvchi mashqlarga katta e’tibor beradi, bolalar bu mashqlarni to‘g‘ri bajarishga, to‘g‘ri nafas olishga, ayniqsa muvozanatni saqlash mashqlarni qiziqib bajarishga o‘rgatadi. Shu bilan birga qaddi-qomatni shakllantiruvchi mashqlarni kundalik hayotda bajarishga undaydi. Halqani bel va qorin ustida aylantirish, hovli sharoitida yo‘lkalardan boshga bironta narsa qo‘yib yurish mashqlarni bajartirib boradi.
Uy sharoitida qaddi-qomatni shakllantirish bo‘yicha quyidagi mashqlarni o‘tkazish tavsiya etiladi:
1. Bolalar chordana qurib o‘tiradilar, mashqni bajarishda oldinga engashib, boshni o‘ng chap tizzaga tekkizib olish zarur.Qo‘llar yordamida yon tomonga egilib, mashqni bajarishda tizzani ko‘tarmaslik va har qaysi mashqdan so‘ng gavdani
to‘g‘ri tutish lozim.
1. Gavdani o‘ngga va chapga burish mashqini o‘tirgan, tur gan, oyoqlar yozilgan, yelka kengligi holatida o‘tkazsa ham bo‘ladi. Qo‘llar esa belda, yon tomonga yozilgan, bosh orqasida ham bo‘lishi mumkin.
2. O‘tirgan holatda oldinga engashgan holda qo‘ldagi bironta buyumni o‘ng, chap tomonga pol ustiga qo‘yish va qayta uni ko‘tarib olish.
3. Polda, gilam ustida o‘tirgan holda qo‘llar orqaga, tayanch hosil qilish, oyoqlarni to‘g‘ri ushlab ko‘tarib tushurish, ikkala oyoqni juft qilib arg‘amchidan o‘tkazish. Bolalar mashqni bajarayotganda bukrisimon bo‘lmasligini, boshini yelkasiga siqmasligini kuzatib borishi kerak.
4. Tik holatdan qo‘llar oldinga cho‘zilgan, devorga suyangan holda o‘tirib-turish mashqlari. Devorga tayangan holda ushbu mashqni birnecha bor qaytarib bajariladi 5. Tik turgan dastlabki holatda o‘ng yoki chap oyoqni silkitib oldinga chiqarish (karate) shu payt oyoq tagida chapak chalish. Qaddi-qomatni to‘g‘ri ushlashga o‘rgatish, oldinga bukilmasdan oyoqni to‘g‘ri ushlab silkitish.
6. Gilamda o‘tirgan holatda oyoqlarni oldinga cho‘zib, panjalar bilan biron-bir narsani tortib, yon tomonlarga olib qo‘yib, oyoqlarni juft qilish, ko‘tarish va hokazo. Shu mashqlar orqali bolalar o‘tirgan joylarida qo‘llari orqada tayanch hosil qiladilar. Oila tarbiyachisi bolalar shu mashqlarni bajarish paytida ularning yelka, umurtqa, boshi to‘g‘ri harakatda bo‘lishini kuzatishi lozim.
7. Yelkani ko‘tarish va tushurish.
Ushbu mashqni bajarishda bolalar boshini oldinga egmasligi, yelkalarni oldinga burmasligi, bukirsimon bo‘lmasligini kuzatish hamda yelkani aniq tepaga ko‘tarish va pastga tushurishlari lozim.
Bolalar uchun belgilangan har bir jismoniy mashq va mashg‘ulotlar oila shifokori maslahati bilan kelishilgan holda amalga oshirilishi lozim. Oila tarbiyachisi har bir o‘tkaziladigan mashqning maqsadini bilishi muhum ahamiyatga ega. Gavda mushaklarini, birinchi navbatda, harakatlantiruvchi apparat, qon aylanishi va nafas olish tizimini rivojlantirib olish qaddiqomatining shakllanishiga juda katta ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun guvernyor bolalar bilan mashqlarni bajarayotganda
bolalarni nafas olishiga, nafas chiqarishlariga e’tibor berishi kera