Gap tarkibini tashkil etuvchi bo'laklar gap bo'Iaklari deyiladi. Gap bo'laklari: bosh bo'laklar va ikkinchi darajali bo'laklardan iborat.
Gapning grammatik asosini tashkii etuvchi va predikativ markaz hosil qiladigan bo'laklar bosh bo'laklar deyiladi.
Gapda bosh bo'laklarning mazrnunini to'ldirib, aniqlab keladigan bo'laklar ikkinchi darajali bo'laklar deyiladi. Bosh bo'laklar ega va kesimdan , ikkinchi darajali bo'laklar to'ldiruvchi, aniqlovchi, holdan iborat.
Ega va uning ifodalanishi
Gapda mutlaq hokim bo'lib, kesim orqali ifodalanadigan fikmi bildiruvchi bosh bo'lak ega deyiladi.
Ega asosan predmet tushunchasini anglatib, kesim orqali bildirilgan belgi harakat, holatning kimga yoki nimaga tegishliligini ko'rsatadi va bosh kelishikdagi so'z bilan ifodalanib kirn? nima? kimlar ? nimalar? qayer? kabi so'roqlardan biriga javob beradi.
Ega quyidagicha ifodalanadi:
1. Ot bilan: a) atoqli ot bilan ifodalanadi. Masalan: Alisher Navoiy g'azal mulkining sultonidir.
Avaz botqoq va qorong'i yo'ldan tekis va yorug' maydonga chiqdi. (P.Q.) Qorabuloq -juda chiroyli juda so'lim joy. (M. Is.) b) turdosh ot bilan.
Bunda ari keltiradi bol,
Bunda qushlar topadi iqbol.
i. Olmosh bilan: Biz kelgusi asrga o'zimiz bilan nimalarni olib o'tishimiz rnumkin va zarur? (I. R.)
Har kiniki vafo qilsa. vafo topqusidur. (Bobur)
1. Son bilan: ikki yorti - bir butim. (Maqol.) Ikki o'n besh bir o'ttiz. (Maqol.). Harakat nomi bilan: Ikkilanish yaramaydi.