G‘apporov M. Ingliz tili grammatikasi


Darak gaplar (Declarative sentences)



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə219/276
tarix22.12.2023
ölçüsü0,99 Mb.
#189326
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   276
G‘apporov M. Ingliz tili grammatikasi-fayllar.org

Darak gaplar (Declarative sentences)
DARAK GAPLARDA SO‘Z TARTIBI
Darak gaplar suhbatdoshga yoki o‘quvchiga biror xabarni yetka-
zish uchun ishlatiladi. Ular biror faktni tasdiqlash (bo‘lishli darak gap-
lar) yoki shu faktni inkor qilish (bo‘lishsiz darak gaplar) uchun ishla-
tiladi. Ingliz tilida darak gaplarda so‘z tartibiga qattiq amal qilinadi,
har bir gap bo‘lagining o‘z o‘rni bor. Quyidagi so‘z tartibi ingliz tiliga
xosdir:
ega
kesim
to‘ldiruvchi
hol
The buyers (ega)
chartered (kesim)
a steamer (to‘ldi-
ruvchi)
yesterday (payt holi)
Aniqlovchining gapda ma’lum o‘rni yo‘q. U otdan ifodalangan istagan
gap bo‘lagi bilan kelishi mumkin:
A steamer of 10,000 tons
has arrived at the port.
O‘n ming tonnali paroxod portga
yetib keldi.
We have received an important
te legram.
Biz muhim telegramma oldik.
They live in a new house.
Ular yangi uyda yashaydilar.
GAPDA TO‘LDIRUVCHINING JOYLASHISHI
1. Vositasiz to‘ldiruvchi bevosita fe’ldan keyin keladi:
I bought a radio set.
Men radio priyomnik sotib oldim.
www.ziyouz.com kutubxonasi



275
Gapda predlogli vositali to‘ldiruvchi bo‘lganda vositasiz to‘ldiruvchi


undan keyin keladi:
I sent my father a telegram.
Men otamga telegramma yubordim.
Izoh: Qo‘shma fe’llardan keyin (to put on kiymoq, to take off yechmoq, to pick up terib 
olmoq, to let in ichkariga qo‘ymoq) kishilik olmoshlaridan yasalgan vositasiz to‘ldiruvchilar
fe’l bilan ravishning orasida keladi:
Put it on.
Buni kiying.
Let him in.
Uni ichkariga kirgizing.
Vositasiz to‘ldiruvchi otdan yasalgan bo‘lsa, ravishdan oldin ham, keyin ham kelishi
mumkin:
Put your coat on.
Put on your coat.
Paltoyingizni kiying.
Let the boy in.
Let in the boy.
Bolani ichkariga kiriting.
2. Predlogsiz vositali to‘ldiruvchi har doim fe’l bilan vositasiz to‘ldiruvchi
orasida keladi:
We sent the buyers the documents.
Biz xaridorlarga hujjatlarni
yubor dik.
3. Predlogli vositali to‘ldiruvchi vositasiz to‘ldiruvchidan keyin
keladi:
The sellers received a telegram 

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   276




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin