G‘apporov M. Ingliz tili grammatikasi



Yüklə 1,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə144/263
tarix09.03.2023
ölçüsü1,19 Mb.
#87078
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   263
xorijiy t

NO VA NONE OLMOSHLARI
1. No olmoshi birlik va ko‘plikdagi donalab sanaladigan otlar oldida 
olmosh-sifat bo‘lib keladi. No birlikdagi donalab sanaladigan otlar bi-
lan kelgan not…a va donalab sanaladigan ko‘plikdagi otlar va donalab 
sanalmaydigan otlar bilan kelgan not…any ma’nosini beradi. Gapda no 


175
bo‘lganda fe’l bo‘lishli shaklda bo‘ladi, chunki ingliz tilida bir gapda faqat 
bitta inkor bo‘ladi.
I have no ticket.= I haven’t a 
ticket. 
Menda bilet yo‘q.
I found no mistakes in your transla-
tion. = I did not fi nd any mistakes in 
your translation.
Men tarjimangizda hech qanday 
xato topmadim.
I have no time to help you today. 
= I haven’t any time to help you 
today. 
Bugun mening sizga yor-
dam berishga vaqtim yo‘q.
2. Ega bo‘lib kelgan otlar oldida odatda no ishlatiladi va birorta ham, 
hech qanday deb tarjima qilinadi:
No steamer has left the port yet.
Birorta ham paroxod hali portni 
tark etgan emas.
No information has been received 
from him. 
Undan hech qanday xabar olin-
gan emas.
3. No olmosh-ot bo‘lib kelmaydi; uning o‘rnida birlik va ko‘plikdagi 
donalab sanaladigan va donalab sanalmaydigan otlar o‘rnida none 
ishlatiladi:
— Is there a telephone in the 
room? 
— Xonada telefon bormi?
— No, there is none. — 
Yo‘q.
— Are there any French magazines 
in the library?
— Kutubxonada fransuzcha jur-
nallar bormi?
— No, there are none. — 
Yo‘q.
— Is there any ink in the bottle. 
— Shisha idishda siyoh bormi?
— No, there is none. 
— Yo‘q
4. No so‘zi body, one, thing so‘zlari bilan birikib nobody, no one, nothing 
inkor olmoshlarini yasaydi va har doim olmosh-ot sifatida ishlatiladi. Bu 
olmoshlardan keyin kelgan fe’l bo‘lishli shaklda ishlatiladi, chunki ingliz 
tilida bitta gapda faqat bitta inkor bo‘lishi mumkin:
Ma’no jihatidan nobody inkor olmoshi not... anybodyga, no one inkor 
olmoshi not … anyonega, nothing inkor olmoshi not…anythingga to‘g‘ri 
keladi:
We saw nobody there = 
We didn’t see anybody there.
Biz u yerda hech kimni 
ko‘rmadik.
We read nothing about it.=
We didn’t read anything about it. 
Biz bu haqda hech narsa o‘qiga-
nimiz yoq.


176
5. Nobody, no one, nothingga qaraganda not…anybody, not… anyone, 

Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   263




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin