G‘apporov M. Ingliz tili grammatikasi



Yüklə 1,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə151/263
tarix09.03.2023
ölçüsü1,19 Mb.
#87078
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   263
xorijiy t

EITHER VA NEITHER OLMOSHLARI
1. Either olmoshi ikki shaxs yoki buyumga taalluqli bo‘lib, har ikkalasi, 
ham unisi ham bunisi, ikkalasidan biri ma’nosida ishlatiladi. Either olmosh-
sifat va olmosh-ot bo‘lib keladi.
2. Either birlikdagi donalab sanaladigan ot oldida ishlatiladi va ko‘r-
satkich bo‘lgani uchun u ishlatilgan ot oldida artikl ishlatilmaydi, chunki 
bitta ot oldida faqat bitta ko‘rsatkich ishlatilishi mumkin:
You may go by either road. 
Siz ikki yo‘lning istaganidan bori-
shingiz mumkin.
Take either book, I don’t mind 
which. 
Ikkala kitobdan istaganingizni
oling. Men e’tiroz bildirmayman.
3. Either olmosh-ot bo‘lib kelganda uning orqasidan of predlogi qo‘yi-
ladi:
Here are two dictionaries, you 
may take either (of them). 
Mana ikkita lug‘at; siz (ulardan) 
istaganingizni olishingiz mumkin.
4. Either har ikkala ma’nosida ishlatiladi:
There were chairs on either side of 
the table. 
Stolning har ikkala tomonida 
stul lar bor edi.
There were fi ne houses on either 
bank of the river. 
Daryoning har ikkala qirg‘og‘ida 
chiroyli uylar bor edi.
5. Either gapning egasi bo‘lib kelganda, undan keyin kelgan fe’l birlikda 
ishlatiladi: 
Either of the examples is correct. 
Misollarning har ikkalasi ham 
to‘g‘ri.
6. Neither olmoshi na unisi, na bunisi degan ma’no berib either ol-
moshining bo‘lishsiz shaklidir:
We accepted neither offer. 
Biz taklifl arning na unisini, na bu-
nisini qabul qildik.
Neither of the statements is true. 
Na u, na bu bayonot (gap, xulosa) 
to‘g‘ri.
Izoh: 1) Either bo‘lishsiz gaplarda ham ma’nosida ravish bo‘lib keladi:
I haven’t seen him either. 
Men ham uni ko‘rmabman.


183
2) Neither Men ham =Neither do I iborasida ravish bo‘lib keladi:
— He hasn’t seen this fi lm yet. 
 Neither have I. 
— U hali bu fi lmni ko‘rgani yo‘q.
— Men ham.
3) Either…or yoki…yoki, neither…nor na…na bog‘lovchi bo‘lib keladi:
He is either in Tashkent or in Samarkand. 
U yoki Toshkentda, yoki Samarqandda.

Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   263




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin