G‘apporov M. Ingliz tili grammatikasi



Yüklə 1,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə148/263
tarix09.03.2023
ölçüsü1,19 Mb.
#87078
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   263
xorijiy t

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • We all
All the students have passed the ex-
amination. 
Hamma talabalar imtihondan 
o‘tishdi.
He spends all his free time in the 
reading-room. 
U hamma bo‘sh vaqtini o‘quv 
zalida o‘tkazadi.
Izoh: Birlikdagi donalab sanaladigan ot oldida all o‘rnida odatda the whole ishlatiladi:
The whole house was destroyed by fi re. 
Butun uy yong‘indan vayron bo‘ldi. 
Morning, day, night kabi vaqtni ko‘rsatuvchi so‘zlar bilan the whole ham, all ham ish-
latiladi:
All (the) morning, the whole morning, all (the) day, the whole day.
3. Alldan keyin kelgan ot oldida artikl umumiy qoidalar asosida ishlatilishi 
ham mumkin, ishlatilmasligi ham mumkin:
I have read all the books you gave 
me. 
Men siz bergan barcha kitob-
larni o‘qib chiqdim.
I have got all the information I 
want.
Men o‘zim xohlagan hamma 
axbo rotni oldim.
All plants require water. 
Hamma o‘simliklar suv talab 
qiladi.
All fi nancial documents must be 
signed by the Chief Accountant. 
Barcha moliyaviy hujjatlar bosh 
buxgalter tomonidan imzolani-
shi kerak.
4. All hamma ma’nosida olmosh-ot bo‘lib keladi:
All said the same thing. 
Hamma shu bitta narsani aytdi.
I know all. 
Men hammasini bilaman.
5. All ko‘pincha we all (bizning) hammamiz, you all (sizning) ham-
mangiz), they all (ularning) hammalari kabi birikmalar bo‘lib kelishi 
mum kin:
We all know it. 
Buni bizning hammamiz bilamiz.
They all went there. 
U yerga ularning hammalari bo-
rishdi.
Agar gapning kesimi qo‘shma kesim bo‘lsa, all yordamchi fe’l yoki 
modal fe’ldan keyin ishlatiladi:


180
We have all read this article. 
Bu maqolani bizning hammamiz 
o‘qiganmiz. 
You must all go there. 
U yerga hammalaringiz borishingiz 
kerak.
Agar kesim tarkibida bir nechta yordamchi fe’l bo‘lsa, all birinchi yor-
damchi fe’ldan keyin qo‘yiladi:
We have all been informed about it. 
Bu haqda bizning hammamiz 
xabardor qilingan edik.

Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   263




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin