G‘apporov M. Ingliz tili grammatikasi



Yüklə 1,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/263
tarix09.03.2023
ölçüsü1,19 Mb.
#87078
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   263
xorijiy t

(have been, has been) va hozirgi zamon sifatdoshi (Present Participle) yor-
damida yasaladi:
Ega + have (has) + been + V ing
 
I have been working, he has been working, we have been working.
2. Present Perfect Continuousning bo‘lishsiz shakli birinchi yordam chi 
fe’ldan keyin not inkor yuklamasini qo‘yish bilan yasaladi:
Ega + have (has) + not + been + V ing


100
I have not been working, he has not been working, we have not been 
wor king.
4. Present Perfect Continuousning so‘roq shakli birinchi yordamchi 
fe’lni eganing oldiga o‘tkazish bilan yasaladi:
Have (has) + ega + been + Ving?
Have I been working? Has he been working? Have we been 
working?
Bo‘lishli shakli
Bo‘lishsiz shakli
So‘roq shakli
have been working
He (She, it) has been wor-
king
We have been working
You have been wor king
They have been wor king
have not been wor king
He (she, it) has not been 
working
We have not been wor king
You have not been wor king
They have not been wor king
Have I been working?
Has he (she, it) been wor-
king?
Have we been wor king?
Have you been wor king?
Have they been wor king?
HOZIRGI TUGALLANGAN DAVOM ZAMONNING ISHLATILISHI
1. Present Perfect Continuous o‘tgan zamonda boshlanib hozir ham 
davom etayotgan ish-harakatni ifodalaydi. Bu zamon uchun ish-hara katning 
sodir bolish vaqtini ko‘rsatish zarur. Present Perfect Continuous for an 
hour bir soat davomida, for a month bir oy davomida, for a long time uzoq 
vaqt davomida, since yesterday kechadan buyon, since fi ve o’c lock soat 
beshdan buyon, how long qancha vaqt, since when qachondan buyon kabi 
vaqt ko‘rsatkichlari bilan ishlatiladi:
have been waiting for my brother 
for a long time.
Men akamni uzoq vaqt (davo-
mida) kutayapman.
have been reading the newspaper 
since fi ve o’clock.
Men gazetani soat beshdan bu-
yon o‘qiyapman.
What have you been doing here 
since early morning? –I have been 
preparing for my examination.
Ertalabdan buyon bu yerda 
nima qilayapsiz? – Imtihonimga 
tayyorlanayapman.
He has been living in London for 
fi ve years.
U Londonda besh yil (davomi-
da) yashayapti.
He has been teaching English since 
1998.
U 1998-yildan buyon ingliz tili-
dan dars beradi.
How long has he been living in Lon-
don?
U Londonda qancha (qachon-
dan buyon) yashayapti?
Since when have you been working 
at this factory?
Siz bu zavodda qachondan bu-
yon ishlayapsiz?


101
2. Present Perfect Continuous hozir davom etayotgan ish-harakatni 
va odatiy, doimiy ish-harakatni ifodalaydi. Yuqoridagi misollarda ish-
harakatni qancha davom etishini ko‘rsatuvchi vaqt ko‘rsatkichlari bo‘l-
masa hozir davom etayotgan ish-harakatini ifodalash uchun Present Con-
tinuous va odatiy, doimiy ish-harakatni ifodalash uchun Simple Pre sent 
ishlatar edik:
Hozirgacha davom etib tugayotgan ish-harakati
Qancha davom etganligini ko‘r 
satuvchi 
vaqt ko‘rsatkichi bilan
Qancha davom etganligini ko‘r satuvchi 
vaqt ko‘rsatkichi bo‘lmasa
have been waiting for my brother for a 
long time.
have been reading the newspaper since 
fi ve o’clock.
It has been raining since morning.
He has been living in London for fi ve 
years.
He has been teaching English since 1998
am waiting for my brother.
am reading the newspaper.
It is raining.
He lives in London.
He teaches English?
3. Umuman sodir bo‘ladigan, doimiy, odatiy, egaga xos ish-hara 
kati 
to‘g‘risida gap ketganda yuqoridagi vaqt ko‘rsatkichlari bilan ish-harakatning 
davom etganligiga e’tibor berganimizda Present Perfect Con 

Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   263




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin