G‘apporov M. Ingliz tili grammatikasi



Yüklə 1,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə202/263
tarix09.03.2023
ölçüsü1,19 Mb.
#87078
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   263
xorijiy t

it SOXTA TO‘LDIRUVCHISI
Ba’zi to fi nd, to consider, to think, to seem, to feel kabi fe’llardan keyin 
infi nitivli iboradan yasalgan to‘ldiruvchidan va ergash gapdan it olmo shi 
keladi. Bu holda it olmoshi o‘zbek tiliga tarjima qilinmaydi:
I consider it important to 
begin the negotiations at once.
Men muzokaralarni zudlik bilan 
boshlash muhim deb hisoblayman.
I think it necessary to wait 
a few days.
Men bir necha kun kutish kerak deb 
o‘ylayman.
I fi nd it strange that he 
did not come.
Uning kelmaganligi men uchun 
g‘alati.
Aniqlovchi (The attribute)
Aniqlovchi shaxs yoki buyumning belgisini bildiruvchi gap bo‘lagi-
dir. Aniqlovchi odatda otni aniqlaydi, ba’zi hollarda olmoshni aniqlaydi 
(one olmoshi va some, any, every, no olmoshlaridan yasalgan olmosh-
larni):
1. Aniqlovchi sifatdan yasaladi:
I received an important 
letter yesterday.
Men kecha muhim xat oldim.
I am going to tell you 
something interesting.
Men sizga qiziq bir narsa aytib ber-
moqchiman.
2. Aniqlovchi sifatdoshdan yasaladi:
I bought some illustrated 
magazines.
Men bir nechta (bezakli) suratli jur-
nal sotib oldim.
The rising sun was hidden 
by the clouds.
Chiqayotgan quyoshni bulutlar ya-
shirdi.
3. Aniqlovchi sifatdoshli iboradan yasaladi:
The student speaking to the 
teacher is my brother.
O‘qituvchi bilan gaplashayotgan ta-
laba mening akam.
They sent us a list of goods
 sold at the auction.
Ular bizga kim oshdi savdosida 
sotilgan mollarning ro‘yxatini yu-
borishdi.
4. Aniqlovchi sondan yasaladi:
Two thousand tons of sugar were 
loaded on the ship yesterday.
Kecha kemaga ikki ming tonna 
shakar yuklandi.
The second lesson begins at eleven 
o’clock.
Ikkinchi dars soat o‘n birda 
boshlanadi.


270
5. Aniqlovchi olmoshdan yasaladi:

Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   263




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin