G‘apporov M. Ingliz tili grammatikasi


TO BE GOING TO V… BIRIKMASI



Yüklə 1,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/263
tarix09.03.2023
ölçüsü1,19 Mb.
#87078
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   263
xorijiy t

TO BE GOING TO V… BIRIKMASI
1. Agar biror ish qilishga niyat (qasd) qilingan bo‘lsa yoki shu ish-
harakatning kelasi zamonda amalga oshishi aniq bo‘lsa to be going to V 
birikmasi ishlatiladi va bu birikma o‘zbek tiliga -moqchi bo‘lmoq deb 
tarjima qilinadi:
I am going to learn French next 
year. 
Men kelasi yili fransuz tilini 
o‘rganmoqchiman.
He is going to spend his summer 
vocation in Miraki.
U yozgi ta’tilini Mirakida 
o‘tkazmoqchi.
We are going to ship these goods by 
the next ship.
Biz bu mollarni keyingi kemaga 
yuklamoqchimiz.
Izoh: to go va to come fe’llari to be going to V… birikmasi bilan ishlatilmaydi. He is 
going to go there, va He is going to come here o‘rnida He is going there va He is coming 
here yoki He intends to go there va He intends to come here ishlatiladi.
2. to be going to V... birikmasi egasi jonsiz buyum bo‘lgan gapdagi kelasi 
zamonda amalga oshish ehtimolligi juda yuqori bo‘lgan yoki amalga oshishi 
muqarrar bo‘lgan ish-harakatni ifodalsh uchun ishlatiladi:
The sea air is going to do you good.
Dengiz havosi sizga yoqadi 
(foyda beradi).
The sky is clearing up; the rain is go-
ing to stop in a minute.
Osmon yorishayapti; yomg‘ir 
bir ozdan keyin to‘xtaydi.
3. to be going to V… birikmasidan keyin majhul nisbatdagi infi nitiv ham 
ishlatilishi mumkin:
He is going to be appointed mana-
ger of that department.
U o‘sha bo‘limning boshlig‘i 
qilib tayinlanadi.
The goods are going to be shipped 
by the next steamer.
Mollar keyingi paroxodga yuk-
lanadi.
Two huge hydroelectric stations 
are going to be built on the 
Amudaryo.
Amudaryoda ikkita yangi ulkan 
elektr stansiyalari quriladi.


85
The Past Continuous Tense
O‘tgan davom zamonning yasalishi
1. Past Continuous to be fe’lining o‘tgan zamondagi shakllaridan biri 
(was, were) va asosiy fe’lning hozirgi zamon sifatdoshi shakli (Present 

Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   263




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin