Gʼarb mutafakkirlarining borliq haqidagi taʼlimotlari” esse gʼarb mutafakkirlarining borliq haqidagi taʼlimotlari



Yüklə 41,26 Kb.
səhifə4/7
tarix28.11.2023
ölçüsü41,26 Kb.
#167431
1   2   3   4   5   6   7
Esse gʼarb mutafakkirlarining borliq haqidagi taʼlimotlari-fayllar.org

Xristianlik va Avreliy Avgustin falsafiy ta‘limotining vujudga kelishi. Xristianlik Ikki ming yil muqaddam Rim hokimiyati ostida bo`lgan Kichik Osiyo va Falastin yerlarida Nazaret shahrida duradgor losif va rafiqasi Mariya xonadonida "Xudoning o`g`li" nomini olmish Iisus (Iso) tug`ilgani haqida rivoyatlar tarqala boshladi. 30 yoshida lisus sahroda yashovchi voiz Cho`qintiruvchi Ioann qo`lida lordan daryosida cho`qintiriladi. Yovuzlikni sodir etganlar loannga tavba qilish uchun kelishardi. lisus Xristos begunoh bo`lsa-da, Yaratganga yo'l
oklovchi tavba-tazarrudan boshlanishini ko`rsatib berish uchun cho`qinadi.O`n ikki nafar havoriylari bilan Falastin bo`ylab sayohat qilib, Xudo oyatlari haqida hikoya qilib beradi, turli mo`jizalar ko`rsatadi — o`liklarni tiriltiradi, yashashdan umidini uzgan tuzalmas xastalarni sog`aytiradi. Yahudiy ruhoniylari Iso ‗ayg`ambarni mavjud diniy haqiqatlarni buzib talqin etishda ayblab, uni o`lim jazosiga mahkum etadilar. Rim noyibi Pontiy Pilat bu hukmni tasdiqlashi shart edi. Avvaliga Pontiy Pilat bu ishni qilishdan bosh tortgan, ammo ruhoniylar tazyiqi ostida rozilik beradi- Iisusni Golgof tog`ida xochga tortadilar, bu yerda, rivoyatlarda aytilishicha, Yyer yuzidagi ilk inson —Odam ato dafn etilgan. Iso Payg`ambar 3 kunda dahshatli azoblar girdobida jon beradi. Vafotidan keyin murdasini bir g`orga qo`yishadi. Uchinchi kuni dafn etish uchun kelishganda Iso Masih jasadi qo`yilgan joyida yo`qligini ko`rishadi. Iso Payg`ambar qayta tirilgan va me'rojga ko`tarilgan, vafot etgan va yashayotgan odamlarning ishlarini baholash uchun Yyer yuziga qaytib kelishga va'da bergan.
Iuisus haqidagi rivoyatlar Yevangeliya (Injil) nomini olgan, yunonchadan tarjima qilganda bu so`z "Xushxabar" ma'nosini anglatadi. Iso payg`ambar ta'limoti izdoshlari xristianlar (nasroniylar)dir. Shogirdlari apostollar (hovariylar)dir. Xristianlar jamoalariga ye‘isko‘lar peshvolik qiladilar. Milodiy birinchi asr xristianlik (nasroniylik) vujudga kelgan sana hisoblanadi. Rim hukmdorlari xristianlarni ta'qib etadilar, yirtqich hayvonlar changaliga tashlaydilar, turli qiynoqlarga soladilar.Milodiy 313-yilda imperator Konstantin xristianlik davlatning boshqa dinlari bilan teng bir din deb e'lon qilingan farmon chiqardilar. Farmon xristianlarga ibodatxonalar qurish va oshkora ibodat qilishga ruxsat berdi.
Apologetika ortidan «cherkov otalari»ning falsafiy ta‘limoti – patristika (lot. Pater – ota) paydo bo‘lgan. patristikaning eng yorqin vakili Gippon (SHimoliy Afrika)dagi yepiskop Avliyo Avgustin (354-430)dir. U o‘rta asrlar falsafasiga, shuningdek falsafiy ijodning keyingi davrlardagi ko‘pgina vakillariga kuchli ta‘sir ko‘rsatgan.
Avgustin «haqiqiy falsafa va haqiqiy din»ni bir deb hisoblagan. Xristianlik asoslarini u Platon falsafasidan to‘ishga harakat qilgan. Uning fikricha, Platon g‘oyalari – «bu ijodkor ijodga kirishish oldidan yuritgan mulohazalar»29dir. Xudo dunyoni yo‘qlikdan yaratgan. Inson panoh to‘ishining asosiy yo‘li uning xristian
cherkoviga mansubligidir. Xristian cherkovi «ilohiy shahar»ning Yerdagi vakilidir. Avgustin inson faoliyatining ikki qarama-qarshi turini tahlil qiladi: birinchi – «dunyoviy shahar», ya‘ni «Xudoga nisbatan nafrat darajasiga ko‘tarilgan o‘z-o‘ziga bo‘lgan muhabbatga» asoslangan davlatchilik; ikkinchi – «o‘z-o‘ziga nisbatan nafrat darajasiga ko‘tarilgan Xudoga bo‘lgan muhabbat»ga asoslangan «ilohiy shahar». Avgustinning eng mashhur:

Yüklə 41,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin