Gʼarb mutafakkirlarining borliq haqidagi taʼlimotlari” mavzusida tayyorlangan esse


«Ilohiy shahar», «Insoniy shahar», «Tavba» kabi asarlari mavjud



Yüklə 35,22 Kb.
səhifə4/7
tarix28.01.2023
ölçüsü35,22 Kb.
#81354
1   2   3   4   5   6   7
G arb mutafakkirlarining borliq haqidagi ta limotlari” mavzusida

«Ilohiy shahar», «Insoniy shahar», «Tavba» kabi asarlari mavjud.
Avgustin ikki muhim muammo: shaxs dinamikasi va kishilik tarixi dinamikasi muammolarini yechishga harakat qiladi. U «Tavba» asarida shaxsning o‘zligini, uning ruhiy holatlarini o‘rganadi. Avgustin shaxsning ichki dunyosini uning go‘daklik yillaridan boshlab inson xristian sifatida shakllanadigan davrgacha tavsiflaydi. U shaxsga nisbatan zo‘rlik ishlatishning har qanday shakllarini (maktabda bolaga zo‘rlik ishlatishdan davlat darajasida zo‘rlik ishlatishgacha) qoralaydi. Avgustin shaxs erkinligi muammosini ilgari suradi. Oradan bir necha asrlar o‘tgach, ayni shu muammo ekzistentsializm vakillarida Avgustin falsafasiga nisbatan qiziqish uyg‘onishiga sabab bo‘ldi. Avgustin inson sub‘ektiv tarzda erkin harakat qiladi, lekin uning barcha harakatlarini u orqali Xudo bajaradi, deb hisoblagan. Xudoning borlig‘ini insonning o‘zligidan, inson tafakkurining o‘z-o‘zi uchun ishonchliligidan keltirib chiqarish mumkin. Avgustin shaxs uchun o‘zlikning rolini ko‘rsatib berdi. Zero «Men» - tashqi dunyodan ajralib chiqadigan va hatto undan «berkinib» oladigan intim mavjudot. Avgustin inson o‘z «Meni»ni qanday kashf etadi, degan savolga javob to‘ishga harakat qiladi.
Tarix falsafasini ishlab chiqish ham, garchi atamaning o‘zini Volter taklif qilgan bo‘lsa-da, Avliyo Avgustindan boshlangan. Antik faylasuflarda «tarixiylik» tushunchasi mavjud bo‘lmagan: yunonlar dunyoni estetik jihatdan, mukammal koinot sifatida idrok etganlar. Avgustin esa o‘tmish – hozirgi davr – kelajakning o‘zaro aloqasini falsafiy jihatdan anglab etishga harakat qilgan. Hozirgi davr – bir lahza, zero u o‘tmishga chekinadi va kelajak sari harakat qiladi. «Insoniy shahar» (jamiyat) hayoti buni tasdiqlaydi.
Avliyo Avgustin asarlari sxolastik falsafaning yaratilishiga asos bo‘lgan va uzoq vaqt mobaynida antik falsafani, asosan Platon, Aristotel hamda neoplatoniklar – Plotin, Porfiriy, Prokl, Yamvlix asarlarini o‘rganish manbalaridan biri bo‘lib xizmat qilgan. Plotonning universal triadasi – «yagona – aql – jon» sxolast-faylasuflar e‘tiborini o‘ziga tortgan.


Foma Akvinskiy ta‟limoti. Foma Akvinskiy (1225-1274) katolik teologiyani yaratgan va sxolastikani tizimga solgan mutafakkir sifatida e‘tirof etiladi. Uning eng mashhur asarlari: «Teologiya yig‘indisi», «Falsafa yig‘indisi», «Majusiylarga qarshi yig‘indi». Ularda muallif asosan Aristotel asarlariga tayanadi. Foma Akvinskiy Aristotel ijodi bilan SHarqqa salb yurishi chog‘ida tanishadi. Uning ontologiyasida borliq ham ehtimol tutilgan, ham amalda mavjud deb qaraladi. Borliq - ayrim narsalarning mavjudligi, ya‘ni substantsiyadir. Foma Akvinskiy imkoniyat va voqelik kabi kategoriyalar bilan bir qatorda materiya va shakl kategoriyalarini ilmiy muomalaga kiritadi. Bunda materiya imkoniyat sifatida, shakl esa – voqelik sifatida qaraladi.
Foma Akvinskiy Aristotelning shakl va materiya haqidagi asosiy g‘oyalaridan foydalanib, din haqidagi ta‘limotni ularga to‘la bo‘ysundiradi. Materiya shaklsiz mavjud bo‘lmaydi, shakl esa oliy shaklga yoki «shakllarning shakli» - Xudoga bog‘liqdir. Xudo esa sof ma‘naviy mavjudot. SHaklning materiya bilan birikuvi moddiy dunyo uchungina zarur. Boz ustiga materiya (Aristoteldagi kabi) ‗assivdir. Unga shakl faol tus beradi.
Foma Akvinskiy «ilohiy borliq», hamonki u o‘z-o‘zidan ravshan narsa emas ekan, tafakkurimiz anglashga qodir bo‘lgan narsalar orqali isbotlanishi lozim. U Xudo borligining hozirgi vaqt katolik cherkovi ham foydalanuvchi o‘z dalil-isbotini taklif qiladi.
Foma Akvinskiyning ijtimoiy-falsafiy qarashlari ham diqqatga sazovor. U shaxs - «oqilona tabiatdagi eng olijanob» hodisa, deb hisoblagan. Uning fikricha, shaxs aql-zakovat, sezgilar va iroda bilan tavsiflanadi. Aql- zakovat irodadan ustun turadi. Ammo Xudoni bilishni Foma Akvinskiy Xudoga bo‘lgan muhabbatdan keyingi o‘ringa qo‘yadi, ya‘ni sezgilar, agar ular oddiy narsalarga emas, balki Xudoga qaratilgan bo‘lsa, aqldan ustun bo‘lishi mumkin.
Foma Akvinskiy o‘zining «podsholar boshqaruvi haqida» asarida insonga avvalo ijtimoiy mavjudot sifatida, davlatga esa xalq farovonligi haqida g‘amxo‘rlik qiluvchi tashkilot sifatida yondashadi. Hokimiyatning mohiyatini u axloq, xususan yaxshilik va adolat bilan bog‘laydi va hatto xalqning adolatsiz podsholarga qarshi bosh ko‘tarish huquqi to‘g‘risida so‘z yuritadi.
Foma Akvinskiy ikki qonun: Xudo odamlar ongi va qalbiga joylagan «tabiiy qonun» va cherkovning davlat va fuqarolik jamiyatidan ustunligini belgilovchi «ilohiy qonun» haqidagi muammoni ham muhokamaga kiritadi. Uning fikricha, dunyoviy hayot bo‘lg‘usi ma‘naviy hayotga tayyorgarlikdir. Podshoning hokimiyati oliy – ma‘naviy hokimiyatga bo‘ysunishi lozim. Bu hokimiyatni osmonda – Iso Masih, Yerda – Rim papaasi boshqaradi. Foma Akvinskiy siyosiy hokimiyat shakllarini muhokama qilar ekan, Aristotel kabi monarxiyani afzal ko‘radi.
ko‘zlab, jamiyatni boshqarish imkoniyatini qo‘lga kiritgan bo‘lsalar, bundan yaxshi ish chiqmaydi: hokimiyat bellashuv maydoniga aylanadi va bunday ichki urush uning ishtirokchilarini ham, qolgan fuqarolarni ham halokatga mahkum etadi. Hokimiyat uni sevguvchi kishilar qo‘liga o‘tishi ham yaramaydi. Aks holda ular bilan bu sevgida raqiblar bellashadi...»27.
Aristotel ham o‘zining «Siyosat» asarida o‘z davlat nazariyasini bayon etgan. U: «Davlat nima uchun vujudga kelgan va insonni uning jamiyatdagi hayotida boshqaruvchi hokimiyatning nechta turi bor?», degan savolni o‘rtaga tashlaydi va o‘zining bu savoliga shunday javob beradi: «Davlat yashash uchun yaratilmaydi, balki asosan baxtli yashash uchun yaratiladi... Davlat oilalar va jamoalar o‘rtasida yaxshi hayot kechirish uchun aloqalar o‘rnatilganda,

Yüklə 35,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin