Gʼarb mutafakkirlarining borliq haqidagi taʼlimotlari G’arb falsafasi miloddan avvalgi VII-VI asrlar chegarasida shahar-davlatlar («Polislar»)da avval Kichik Osiyoning G’arbiy qirg’og’ida (Ioniyada), so’ngra – Sitsiliya orolining yunonlar yashaydigan shaharlarida va nihoyat, Yunonistonda – Afinada (miloddan avvalgi V asr) vujudga kelgan va qadimgi dunyo madaniyati ravnaq to’ishi uchun shart-sharoitlar yaratgan sinfiy, quldorlik jamiyatining vujudga kelishi va rivojlanishi bilan bog’liq bo’lgan.. Antik falsafada Demokrit, Geraklit, Aflotun va Arastu ta’limotlari. Qadimgi Yunonistonda faylasuflarni bemalol suhbat qurish va istalgan savolga javob olish imkoni bo`lgan donishmandlar, hayot murabbiylari sifatida bilishgan. Yunon mutafakkirlari Olam tuzilishi va inson hayoti ma'nosini tushuntirishga harakat qilib ko`rishgan. Ular o`simliklar, hayvonlar, inson tanasi, Quyosh va yulduzlarni o`rganishgan. Mashhur yunon faylasufi Geraklit Yyer yuzidagi hamma narsa olovdan kelib chiqqan deya uqtirar edi. Geraklit fikriga ko’ra, tabiat (olov) uzluksiz o’zgarish jarayonini boshdan kechiradi. U rivojlanish va o’zgarishlar manbaini ko’radi: «Hamma narsa kurash orqali va zaruriyat tufayli yuz beradi. Har qanday hodisa o’zining qarama-qarshiligiga o’tadi: sovuq narsa issiq narsaga aylanadi, issiq narsa sovuq narsaga aylanadi, ho’l narsa quruq narsaga aylanadi, quruq narsa ho’l narsaga aylanadi». Quyosh har lahzada yangilangani kabi, barcha hodisalar ham o’zgaradi. «Ayni bir daryoga ikki marta tushish mumkin emas: ikkinchi marta suvga tushayotgan odamga yangi suvlar oqadi». Geraklit sifat jihatidan bir-biriga zid bo’lgan hodisalar va jarayonlarni ko’radi: hayot va o’lim, uyg’oqlik va uyqu, yoshlik va qarilik va sh.k. «Eng toza va eng iflos dengiz suvi: baliqlar uchun u to’yimli va xaloskor, odamlar uchun esa u ichishga yaroqsiz va hayot uchun xavflidir». Ko’rib turganimizdek, qadimgi yunon faylasufi o’zgarishning umumiyligi va har bir xossaning qarama-qarshi holatga o’tishi narsalarning barcha sifatlariga nisbiy tus berishini, ya’ni muayyan holatlarga bog’liq qilib qo’yishini qayd etadi.