G'arb mutafakkirlarining pedagogik qarashlar


O'rta asrlarda adabiy-estetik tafakkur



Yüklə 70,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/2
tarix18.12.2022
ölçüsü70,27 Kb.
#76182
1   2
G\'arb mutafakkirlarining pedagogik qarashlar

O'rta asrlarda adabiy-estetik tafakkur 
yevropa madaniyati tarixida O'rta asrlar qariyb 1000 yilni - V asrdan XIV asrga qadar bo'lgan 
davrni qamrab oladi. Bu davr eski yunon-rim madaniyatining yemirilishi, uning o'rnida sharq 
asosidagi xristian madaniyatining yuzaga kelishi bilan xarakterlanadi. Antik davrdagi yagona 
yunon-rim madaniy hududining ikkiga - sharqiy va g'arbiy hududlarga ajralishi, bu ikki 
hududdagi madaniy taraqqiyotning bir-biridan sezilarli farqlanishi, antik madaniyat bilan xristian 
madaniyati o'rtasidagi ziddiyatlar, xristian dini mavqyeining kuchayishi va uning ijtimoiy, 
badiiy-estetik tafakkurga kuchli ta'sir o'tkazgani - bularning bari o'rta asrlarni o'rganishda ma'lum 
qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi.
IV asr oxirlariga kelib Rim imperiyasi ikki mustaqil qismga - sharqiy va g'arbiy imperiyalarga 
ajraldi. Bu ikki hudud madaniyati, garchi ularda Rim an'analari saqlangan va xristian dini 
hukmron mavqye egallagan bo'lsa-da, bir-biridan sezilarli farqlanadi. Aytish kerakki, sharqiy 
imperiya - qariyb 900 yil yashagan Vizantiya imperiyasi mustaqil davlat sifatida 396 yilda 
vujudga kelgan bo'lsa-da, madaniyat tarixidagi "vizantiya davri"ni mutaxassislar sal ilgariroq, III 
asrdan boshlangan deb hisoblaydilar. Vizantiya madaniyatining ilk bosqichlariga (III-VI asrlar) 
xos xususiyat shuki, unda hali o'z ta'sirini yo'qotmagan antik madaniyat bilan shakllanayotgan 
xristian madaniyati yonma-yon, bir-biriga aralashmagan holda yashaydi. Tabiiyki, agar yangi 
madaniyat va yangicha dunyoqarash mavqyeini mustahkamlashga, eskisi esa saqlab qolishga 
intilishi e'tiborga olinsa, bu holning o'zgarishsiz qolishi mumkin emas, ikkisi orasida keskin 
kurashlar kechishi muqarrar. Masalan, o'z davrining yirik notig'i - imperator Yulian (332-363) 
xristianlikning ashaddiy dushmani, antik madaniyat muhibi bo'lgan. Yulian antik madaniyat 
mavqyeini saqlab qolish uchun ham imperatorlik, ham ijodiy faoliyatidan foydalangan. 
Jumladan, u xristianlarni quvg'in qilgan, Gomer, Platon kabi qadimgi yunon mualliflarining 
asarlarini ilohiylashtirishga, shu yo'l bilan xristian cherkoviga muqobil majusiy cherkovini 
yaratishga intilgan . 
Adabiy ijodda vizantiyaliklar yunon tilidan foydalandilar, ilk davrda ko'proq antik yunon 
adabiyoti an'analarini davom ettirdilar. Ayni paytda, endi bu adabiyotda qadimgi yahudiy 
adabiyotining ta'siri ham kuzatila boshlaydi, diniy janrlar salmog'i ortib boradi. Adabiy tilning 
jonli yunon tiliga yaqinlashishi, antik yunon she'riyatiga xos she'riy o'lchovlarga muayyan 
o'zgarishlar kiritilishi kuzatiladi. Jumladan, misrlik shoir va she'rshunos Nonna (V asr) 
gekzametrni jonli yunon tili tabiatiga moslab isloh qiladi.
O'rta asrlar estetik tafakkuri xristian ilohiyotchilari tomonidan, antik falsafani, xususan, 
neoplatonizm ta'limotini o'zlashtirgan va uni xristian diniy aqidalari ruhida talqin qilgan holda 
rivoj topdi. Jumladan, antik madaniyat an'analari ruhida tarbiyalangan, tarixga "buyuk 
kappodokiyaliklar" nomi bilan kirgan vizantiyalik mutafakkirlar - Buyuk Vasiliy (329-379), 
Grigoriy Nazianzin (330-390), Grigoriy Nisskiy (335-394)lar "mutlaq go'zallik"ni yuksak 
qadrlaganlar. Ma'lumki, "mutlaq go'zallik" tushunchasi qadimgi yunon faylasuflari, xususan, 
Platonda mavjud edi. Keyinroq, ellinizm davriga kelib Plotin va uning izdoshlari ta'limotida bu 
tushuncha yanada kengroq talqinini topgan, muayyan tizim holiga keltirilgan edi. Ob'ektiv 
idealizm mavqyeida turgan antik faylasuflardan farq qilaroq, vizantiyalik ilohiyotchilar mutlaq 
go'zallikni Xudo nomi bilan bog'ladilar. Shu sababli ham ularning ta'limotida, xususan, 
gnoseologiyasida mutlaq go'zallik tushunchasi muhim o'rin tutadi. Zero, ular inson ruhi 


ko'rinmas go'zallikka intiladi, inson ruhiy izlanishlarining asosiy maqsadi esa mutlaq go'zallikni 
anglash, idrok qilish deb biladilar. Xudoni tanishga intilayotgan insonni o'ziga jalb etuvchi narsa 
- go'zallik, uni tanish esa muhabbat, ishq orqali amalga oshadi. 
Estetik tafakkur tarixida Psevdo-Dionisiy, Dionisiy-Areopagit nomlari bilan mashhur, lekin 
haqiqiy nomi noma'lum ilohiyotchining "Areopagitiklar"ida vizanitiyaliklarning mutlaq go'zallik 
haqidagi xristian diniga xos ta'limoti muayyan tizim holiga keltirildi. Jumladan, uning "Ilohiy 
ismlar haqida" nomli risolasida "mutlaq go'zallik" ("asl go'zallik") tushunchasiga ancha keng 
ta'rif beriladi. Unga ko'ra, "asl go'zallik"(ya'ni, Xudo)dan mavjud narsalarning bariga, har 
birining o'ziga yarasha va mos go'zallik baxsh etiladi. Shu bois ham "asl go'zallik" 
mavjudlikning sababi, jami go'zallikning manbaidir. Dionisiy-Areopagitga ko'ra, ma'naviy-ruhiy 
izlanishlarning maqsadi - mutlaq go'zallik, unga eltuvchi vositalardan biri esa moddiy olamdagi 
go'zallikdir. Zero, moddiy olamdagi narsa-hodisalarning barida mutlaq go'zallikdan darak bor. 
Negaki, ularning har biri mutlaq go'zallikdan o'ziga, o'z maqomiga yarasha nur olgan. Shunga 
ko'ra, moddiy va ma'naviy reallikdagi hamma narsa ramz(simvol)dirki, ularning har biridan 
ilohiy nur taraladi, har birida Yaratganning o'zidan nedir bor. Xudoni tanish uchun inson ayni 
shu ramzlarni ko'ra olishi, ularning mazmun-mohiyatini tushunishni o'rganishi lozim bo'ladi.
Dionisiy-Areopagit o'rta asrlar simvolizmi nazariyasini ancha mufassal ishlab chiqdi. To'g'ri, 
uning ayni shu masalaga bag'ishlangan "Simvolik ilohiyot" nomli asari bizgacha yetib kelmagan. 
Shunga qaramay, uning bu boradagi qarashlari boshqa asarlarida ham ancha keng aks etgan. 
Bundan tashqari, "Simvolik ilohiyot"ning asosiy mazmuni uning asarlariga yozilgan sharhlar 
orqali ham ma'lum. Dionisiy-Areopagitga ko'ra, ramz(simvol)lar bir paytning o'zida ham 
haqiqatni ifoda etishga (xoslar uchun), ham uni yashirishga (xos bo'lmagan, duch kelgan 
kishilardan) xizmat qiladi. Ramzning asosiy vazifalaridan biri - informatsiya yetkazish, bu vazifa 
esa turli yo'sin va shakllarda amalga oshishi mumkin. Ya'ni, informatsiya bilvosita yoki bevosita 
yetkazilishi mumkin. Birinchi holda u belgi yoki obraz shaklida yetkaziladi. Belgi shaklida 
yetkazilgan informatsiya xoslargagina tushunarli bo'lsa, obraz shaklida yetkazilgan informatsiya 
shu madaniyatga mansub barcha kishilarga tushunarlidir. Areopagit liturgik obrazlar 
informatsiyani bevosita yetkazadi deb hisoblaydi, chunki liturgik obrazlar (cherkov marosimlari) 
ifodalaydigina emas, balki bevosita namoyon etadi. To'g'ri, Areopagit liturgik obrazlar 
masalasiga keng to'xtalmaydi, biroq vizantiyalik ilohiyotchilar uning fikrlarini rivojlantira borib, 
liturgiyani (diniy marosimni) ramziy qabul qilish tizimini ishlab chiqdilar. 
Dionisiy-Areopagit ramzlarning ikkita asosiy turini ajratadi: 1) arxetip bilan mushtarak 
belgilarga ega bo'lgan "o'xshash" ramzlar; 2) bunday belgilarga ega bo'lmagan "o'xshashsiz" 
ramzlar. Uning o'zi "o'xshashsiz" ramzlarni yuksak qadrlaydi, chunki ularning yordamida yuksak 
ruhoniy mohiyatga ko'tarilish qulayroq deb biladi. Negaki, ruh bu ramzlarning tashqi belgilarida 
to'xtalib qolmaydi, balki undan haqiqatni, arxetipni izlaydi. Ulardagi "o'xshamaslik"ning o'zi 
ruhga qanot bag'ishlaydi, uni tasvirlangan narsadan tamoman yiroq bo'lgan oliy ma'naviy-
ruhoniy qadriyatlarga yo'naltiradi. Ramz qatida botin mohiyatning inkishof etilishi esa kishiga 
ta'rifga sig'maydigan lazzat baxsh etadi. Shu qarashni yanada rivojlantirib, Dionisiy-Areopagit 
hatto xunuk, noma'qul narsa-hodisalar tasviri ham oliy ruhoniy qadriyatlarni ifodalashi 
mumkinligini ta'kidlaydi. Mumkingina emas, hatto ularni ifodalash uchun tuban narsalarning 
tasvirlangani ma'qulroq ham. Chunki bu holda, birinchidan, ilohiy qadriyatlar yanada ko'proq 
ulug'langan bo'ladi. Ikkinchi tomondan, bu holda butun e'tibor botiniy ma'noga yo'naltiriladi, 
zero, bunday ramzda e'tiborni tutib qoluvchi tashqi go'zallik yo'q. Yuqoridagilardan ko'rinadiki, 
Dionisiy-Areopagitning estetik ta'limotida obraz vositasida Xudoni anglash masalasi markaziy 
o'rinni egallaydi. Shuning uchun ham, unga ko'ra, simvol(obraz)ning asosiy vazifalari o'zida 
ruhoniy mohiyatni tajassum etish va insonni unga tomon yuksaltirishdan iboratdir. Dionisiy-
Areopagitning antik falsafa va xristian dini aqidalarini sintezlashtirgan holda ishlab chiqqan 
ta'limoti o'rta asrlar estetik tafakkurida chuqur iz qoldirdi.


Vizantiyalik olimlar Aleksandriyada kuzatilgan an'ana - o'tmish merosini yig'ish, o'rganishga 
jiddiy e'tibor qaratdilar. Jumladan, keyincha Konstantinopol patriarxi bo'lgan Fotiyning (810-
891) antik davrdan qolgan bilimlarni jamlash yo'lidagi harakati natijasi o'laroq "Miriobiblion" 
("Kutubxona") nomli asar yaratildi. Bu asarda Fotiy va uning shogirdlari tomonidan o'qib 
chiqilgan, antik davrda, shuningdek, vizantiya madaniyatining ilk davrlarida yaratilgan 300 ga 
yaqin kitoblar haqida muxtasar qaydlar, annotatsiyalar, ba'zan esa mufassal referatlar shaklidagi 
ma'lumotlar berilgan; ulardan ancha keng ko'chirmalar berilgan, ayrim hollarda mualliflar 
haqidagi biografik ma'lumotlar bilan ta'minlangan. Aytish kerakki, "Kutubxona"da mavzu va 
janr e'tibori bilan xilma-xil (falsafa, tarix, grammatika, ritorika, tabiatshunoslik, tibbiyot, 
avliyolar hayoti, ilohiyot va boshqa sohalarga oid) kitoblar haqida hyech bir tizimga solinmagan 
holda ma'lumot beriladi.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1. Aristotel. Poetika.- T.: Adabiyot va san'at, 1980 
2. Inomxo'jaev S. Notiqlik san'ati asoslari.- T.: O'qituvchi, 1988
http://fayllar.org 

Yüklə 70,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin