TAYYORLADI: XAKIMOVA NOZIMA PSIXOLOGIYA 47/23 GURUH
REJA:
Gormonlarning fiziologik ahamiyati
Gipofiz
Gipotalamo-gipofizar tizimi.
Gipotalamo-adenogipofiz tizimi.
Qalqonsimon bez ichki sekresiyasi
Foydalanilgan adabiyotlar.
Ichki sekresiya bezlarining umumiy tavsifi
Odam tanasida ichki sekresiya
bezlarining joylashuvi.
1-epifiz, 2-gipofiz, 3-qalqon oldi bezi, 4-jigar, 5-o’n ikki
barmoq ichak, 6-buyrakning po’st qismi, 7-moyak,
8-qalqonsimon bez, 9-ayrisimon bez, 10-me’da,
11-buyrak usti bezi, 12-me’da osti bezi, 13-tuxumdon
Organizmdagi hamma bezlar ikki guruhga bo’linadi. Birinchi guruhdagi bezlar o’zlarida hosil bo’lgan moddalarni yo tana a’zolari bo’shlig’iga, yoki tashqi muhitga suyuqlik chiqarish yo’llari orqali ajratib chiqaradi.
Ularning suyuqlik chiqarish yo’llari bo’lmaydi va bunday bezlar o’zlarida hosil bo’lgan biologik faol moddalarni-gormonlarni bevosita qonga ajratib chiqaradi, qon esa ularni organizmning kerakli turli qismlariga yetkazib beradi. Bunday bezlar ichki sekresiya (endokrin) bezlari deb ataladi
Gormonlarning fiziologik ahamiyati
1. Gormonlar organizm funksiyalarning boshqarilishida ishtirok etadi. Odam organizmida ikki boshqarish mexanizmlari mavjud-asab va endokrin. Bu mexanizimlar o’zaro bog’langan bo’lib yagona neyroendokrin boshqarilishini tashkil qiladi.
.
2. Gormonlar organizmni tashqi va ichki muhiti o’zgarishiga qarab moslashtiradi. Masalan, giperglikemiya (qonda glyukoza miqdorining oshib ketishi) me’da osti bezi gormoni – insulin sekresiyasini kuchaytiradi, buning natijasida qondagi glyukoza miqdori me’yorga qaytadi
3. Gormonlar organizm ichki muhitining doimiyligini saqlab turishga ishtirok etadi. Masalan, qonda glyukoza miqdorining kamayishi (gipoglikemiya) oqibatida buyrak usti bezining mag’iz qavatidan ko’p miqdorida adrenalin gormoni ishlab chiqariladi. Bu gormon jigarda glikogenolizni (glikogenni glyukozaga aylanishi)ni kuchaytirib, qonda glyukoza miqdorini me’yorga keltiradi.
3. Gormonlar organizm ichki muhitining doimiyligini saqlab turishga ishtirok etadi. Masalan, qonda glyukoza miqdorining kamayishi (gipoglikemiya) oqibatida buyrak usti bezining mag’iz qavatidan ko’p miqdorida adrenalin gormoni ishlab chiqariladi. Bu gormon jigarda glikogenolizni (glikogenni glyukozaga aylanishi)ni kuchaytirib, qonda glyukoza miqdorini me’yorga keltiradi.
Shunday qilib, organizmda gormonlar morfogenez (o’sish va rivojlanish) moddalar almashinuvchi va gomeostaz (organizm o’z ichki muhiti tarkibini doimo bir xilda saqlab turishi) jarayonlariga ta’sir etadi.