Gavdadan o’lchov olish reja


Gavdadan olinadigan barcha o`lchovlar vertikal va gorizantal tekislikda o`lchanadi.Shuning uchun gavdada vertikal va gorizantal konstruktiv chiziqlar mavjud



Yüklə 80,84 Kb.
səhifə2/3
tarix12.05.2023
ölçüsü80,84 Kb.
#112266
1   2   3
GAVDADAN O’LCHOV OLISH

Gavdadan olinadigan barcha o`lchovlar vertikal va gorizantal tekislikda o`lchanadi.Shuning uchun gavdada vertikal va gorizantal konstruktiv chiziqlar mavjud.
Gorizantal konstruktiv chiziqlarga quyidagilar kiradi.
Bn-bo`yin konstruktiv chizig`i-bo`yin o`yindisi va yoqani shakllantirishda ishtirok etadi. Ye-yelkakonstruktiv chizig`i - yelka kiyimlarni loyihalashda ishtirok etadi. K - ko`krak konstruktiv chizig`i - kiyim kengligi va razmerini aniqlashda ishtirok etadi. Bl - belkonstruktiv chizig`i - bel kiyimlarni loyihalashda ishtirok etadi. Bk - bo`ksakonstruktiv chizig`i - kiyimning bo`ksadagi kengligi va razmerini aniqlashda islatiladi. T - tizzakonstruktiv chizig`i - kiyimning tizzadagi kengligini aniqlashdaishtirok etadi. Tq - to`piqkonstruktiv chizig`i - kiyimning pocha qismi kengligini aniqlashda istirok etadi Q - qo`lkonstruktiv chizig`i - yengning yuqori va etak qismi kengligini aniqlashda istirok etadi
Vertikal konstruktiv chiziqlarga quyidagilar kiradi. ↓ 1-orqaning o`rta markazidan o`tadigan konstruktiv chizig`i . 2-bo`yin asosi kengligi konstruktiv chizig`i . 3-yon konstruktiv chizig`i
. 4-oldinda o`rta markaziy konstruktiv chizig`i . Kiyimni to’g’ri tikish uchun o’lchоvlаr gаvdаdаn to’g’ri оlinishi kеrаk. O’lchоvi оlinаyotgаn kishi o’zini erkin tutib tik turishi lоzim. O’lchоv оlishdа хаtо qilinsа, аndоzаning chizmаsi to’g’ri chiqmаydi, gаzlаmа nоto’g’ri bichilib, kiyim хunuk bo’lib qоlаdi. O’lchоvi оlinаyotgаn kishining gаvdа tuzilishigа аhаmiyat bеrish zаrur. Chunki, hаmmаning bo’y-bаsti bаrаvаr emаs. O’lchоv оlish uchun sаntimеtrli lеntа, qаlаm vа qоg’оz kеrаk. Uzunlikni, ya’ni bo’yni ko’rsаtuvchi o’lchоvlаrning hаmmаsi to’lа yozilаdi. Аylаnаlаrni ko’rsаtuvchi o’lchоvlаr vа kеnglik o’lchоvlаrining yarmi yozilаdi. O’lchоvlаr quyidаgichа оlinаdi Bo’yin аylаnаsi-BnА. Sаntimеtrni bo’yinning еttinchi umurtqа pоg’оnа nuqtаsi оrqаli bo’yin аsоsidаn o’rаb оlib o’lchаnаdi. 1.Ko’krаk аylаnаsi-KА. Bukiyimning rаzmеrini bеlgilаydigаn аsоsiy o’lchоvdir. Sаntimеtr lеntаsi оrqаdа kurаkning turtib chiqib turgаn jоyidаn o’tib, ikkаlа qo’ltiq tаgidаn o’tkаzilib vа ko’krаk ustidаn gоrizоntаl rаvishdа аylаntirib o’lchаnаdi. 2.Bеl аylаnаsi-BlА. Bеlning eng хipchа jоyidаn аylаntirib o’lchаnаdi. 3.Bo’ksа аylаnаsi-BkА. Ikkаlа sоnning eng ko’p chiqib turgаn jоyi - bеldаn 18-20 sm pаstdаn gоrizоntаl rаvishdа аylаntiribo’lchаnаdi. 4.Оrqа kurаk kеngligi - ОrK.Uni o’ng qo’lni tаnа bilаn birikkаn jоyidаn chаp qo’lning gаvdаgа birikkаn jоyini tоpib sаntimеtr lеntаni kurаk ustidаn o’tkаzib o’lchаnаdi. Bu o’lchоv kеnglik bo’lgаni uchun yarmi yozilаdi. 5.Оld kеnglik – ОlK.Sаntimеtr lеntаsi ko’krаklаr usti bilаn qo’lgаchа bo’lgаn оrаliqdаn gоrizоntаl rаvishdа o’tаdi. 6.Еlkа kеngligi – ЕlK. Uni еlkа uzunligi dеsа hаm bo’lаdi, chunki еlkа kеngligi to’liq yozilаdi. 7.Ko’krаk оrаlig’i - KО. Ikki ko’krаk оrаsi o’lchаnib, yarmi yozilаdi vа KО dеb bеlgilаnаdi. 8.Оrqа bo’lаk bеlgаchа uzunligi - ОrBU. Еttinchi umurtqа pоg’оnаsidаn bеlgаchа vеrtikаl rаvishdа o’lchаnаdi. 9.Kiyimning uzunligi – KU. Еttinchi umurtqа pоg’оnаsidаn zаrur uzunlikkаchа o’lchаnаdi. 10.Ko’krаk bаlаndligi – KB.Bo’yinning еlkа bilаn birikkаn jоyidаn ko’krаkkаchа o’lchаnаdi. 11.Yengning uznligi – ЕU. Sаntimеtrlеntа yordаmidа еlkа bo’g’imidаn sаl bukilgаn tirsаk оrqаli q o’l pаnjаsigаchа o’lchаnаdi. 12.Yelkа qiyaligi uzunligi –ЕlQ. Bеlning umurtqа pоg’оnаsi nuqtаsi hоlаtidаn еlkа bo’g’imigаchа qiya o’lchаnаdi. 13.Yelkа аylаnаsi – ЕlА. Qo’lning eng yo’g’оn jоyidаn аylаntirib o’lchаnаdi. O’lchоvlаrni gаvdаgа mоs qilib оlish kеrаk. Kiyimning to’kisligi uchun qo’shilаdigаn hаq kiyimning fаsоnigа bоg’liq bo’lib u qo’shimchа dеyilаdi vа “Q” bilаn bеlgilаnаdi. Qo’shimchа hаqni 2 smdаn 6 smgаchа оlish mumkin, u hisоblаsh jаdvаlini to’ldirishdа qo’shilаdi. Bichish vаqtidа аndоzаning chеtidаn chоk hаqi qоldirilаdi.
Amaliy mashg`ulotlarda quyidagi amaliy ishlar amalga oshiriladi: kiyim chizma asoslarini 
konstruktsiyalash, modellashtirish, bichish va tikish texnologiyasi, tikuvchilikda ishlatiladigan 
asbob-uskunalar va jihozlar haqida tasavvurga ega bo‘lishi, yengil
kiyimlarga ishlov berish 
texnologiyasi, sodda bichimli kiyim turlarini loyihalash asoslari, maishiy tikuvchilik asbob – 
uskunalari va jihozlari, qo‘l va mashina ishlari, buyumlarga namlik – issiqlik ishlov berish 
o‘rinlarini tashkil etish; pazandachilik asoslari, sabzavot maxsulotlarini saralash va ulardan 
turli xil salatlat va taomlar tayyorlash, xamir maxsulotlari va ulardan taomlar tayyorlash, 
yog‘ochlarga qo‘lda va stanoklarda ishlov berish orqali sifatli buyumlar yasash yo‘llarini; 
metallarga chilangarlik kesuvchi asboblari yordamida qo‘lda ishlov berish va termik ishlash 
orqali detallar yasash; zamonaviy stanoklarda metallaming har xil yuzalariga sovuq holda mexanik ishlov berish.
O’lchovlarni olish qoidasi BAyar-bo’yin aylanasi. Ettinchi umurtqa pog’onasidan bo’yin chuqurchasigacha o’lchanadi va uning yarmi yoziladi.
KAyar — ko’krak aylanasining yarmi. Orqa ko’krak, qo’ltik tagi, ko’kraklar usti bilan o’lchanadi va uning yarmi yoziladi. BkAyar — bo’ksa aylanasining yarmi. Bo’ksaning eng katta qismi ustidan aylantirib o’lchanadi va yarmi yoziladi.
OrBU — ort bo’lagining belgacha uzunligi. Ettinchi umurtqa pog’onasidan tug’ri chiziq bo’yicha belgacha uzunlik o’lchanadi va to’liq yoziladi.
KU — kiyimning uzunligi. Ettinchi umurtqa pog’onasidan bo’ksagacha o’lchanadi va to’lik yoziladi. EU — elka uzunligi. Bo’yin bilan elkaning kesishgan nuqtasi va elkaning ko’l bilan ulangan oralig’i o’lchanadi. KO — ko’kraklar oralig’i o’lchanadi va yarmi yoziladi. Bel Ayar — bel aylanasining yarmi. Gavdaning eng xipcha joyidan aylantirib o’lchanadi va uning yarmi yoziladi. Yordamchi o’lchovlar
Har qaysi gavdaning tuzilishida orqaning kengligi va ko’krakning balandligi har xil bo’ladi. Shu o’lchovlarni proporsional hisoblashda chiqqan son tug’ri kelavermaydi. Shuning uchun bu o’lchovlarni xamma o’zidan o’lchab olishi kerak.
Nimcha uchun gazlama tanlash
Nimcha milliy kiyim xisoblanadi. Uni yubka yoki shim bilan kiysa bo’ladi. Gazlama tanlashda kiyimni qaysi yoshdagi kishi kiyishi, uning bo’y-basti, rangi, ozg’in yoki semizligi hisobga olinadi. Kiyim erkin xarakatlarga xalaqit bermaydigan bo’lishi kerak.
Nimcha andazasining chizmasini chizish
Gorizontal va vertikal chiziqlar chiziladi (67- rasm). Ikki chiziq kesishgan joyga A xarfi ko’yiladi. A dan tik chiziq bo’yicha nimchaning uzunligi qo’yiladi:
AN=KU=60.
Bo’yin chizig’i. A nuqtadan o`ng tomonga kiyimning kengligi qo’yiladi va o`nga chok xaki qo’shiladi.
AV=KAyar+Q=44+2 sm=46sm.
Nuqtalar birlashtirilib to’g’ri to’rtburchak hosil qilinadi. Belgacha uzunligi. A nuqtadan tik chiziq bo’yicha belgacha o’lchab qo’yiladi.
AT=OrBU=36 sm.
T nuqtadan o’ngga bel chizig’i o’tkaziladi.
Ko’krak chizig’i. A nuqtadan tik chiziq bo’yicha ko’krak aylanasi­ning uchdan bir qismiga tekislik xaqi qo’shib qo’yiladi:
AG=KAyar:3+5 sm=44:3+5 sm=19,7 sm.
G nuqtadan AV ga parallel chiziq chiziladi. Bu ko’krak chizig’i bo’ladi. T nuqtadan pastga bel va bo’ksagacha bo’lgan uzunlik 16 -18 sm o’lchab qo’yiladi: TB=16 sm.
Bu nuqtadan o’ngga chiziq tortiladi. Orqa ko’krak kengligi. G nuqtadan o’ngga orqa ko’krak kengligi o’lchovi o’lchab qo’yiladi: Yanada aniqrog’i yordamchi o’lchov qurq qo’yiladi.Eng o’mizining kengligi:
GG3=KAyar:4=44:4=11 sm.
G2 va G3 nuqtalardan yuqoriga qaratib tik to’g’ri chizimar chiziladi. Yon chizig’ini chizish. G2 va G3 kesmaning o’rtasi topiladi. G3 nuqtadan pastga tik chiziq chiziladi. Kiyim ikki qismdan, orqa va old bo’lakdan iborat bo`ladi.
Nimchaning ort bo`lagini chizish
Amaliy mashgulot uchun chizg`ich, qalam, sm lenta, rezinka, daftar, masshtabli chizgich kerak bo`ladi.
Ishni bajarish. . Yoqa o`miz kengligi.
A nuqtadan o`ngga bo`yin aylanasining uchdan bir kismiga 0,5 sm to`kislik haqi qo`shib chiziladi.
AR=BAyar:3+0,5= 17,5:3 + 0,5=6 sm. Yoqa o`mizning balandligi doimiy ulchov 2 sm:RR=2 sm. Elka qiyaligi 1,5 sm dan 2,5 sm gacha elka tuzilishiga qarab olinadi: A1A2=2 sm.
Elkaning uzunligi. R1 nuqtadan elka qiyaligi. A3 nuqta orqali P1P=EU+1,5 sm vitochka chuqurligi qo`shilib R1P=13+1,5= 14 sm o`lchab qo`yiladi. Bu vitochkaning uzunligi 7 yoki 8 sm qilib olinadi.
Eng o`mizni chizish uchun yordamchi nuqtalardan foydalaniladi. Buning uchun A| G2 kesma to`rt bo`lakka bo`linadi. A1 G2=AG; A1G2= 19,7:4=5 sm. Pastki bir bo`lagini X nuqta, yukoridagi bo`lagini A nuqta bilan belgilaymiz. G2 nuqtadan doimiy ulchov G2 0=3 sm ulab O nuqta bilan belgilaymiz. P nuqtani X nuqta bilan O va G4 nuqtalar bilan birlashtirsak, ort bo`lagining eng o`miz chizigi kosil buladi.
Old bo’lagini chizish.
Old bo’lagining yoqa o`miz yukori nuqtasini aniqlash uchun ko’krak chizig’idagi G1 nuqtadan yukoriga G1 V1=KA yar:2+1 bo’yicha, yanada anikrog’i KB=22 sm o’zidan o’lchab olingan balandlik qo’yiladi. G1 V1=KB o’lchab qo’yilsa, aniq bo’ladi.
G1V1=KAyar:2+1 formulasi hamma gavdaga to’g’ri kelavermaydi. Yoqa o`mizning kengligi V1V2=BAyar:3+0,5= 17,5:3+0,5=6 sm o’lchab qo’yiladi.
Yoqa o`mizning chuqurligi VV3=3,5 sm o`lchab qo`yiladi.
Yoqa o`mizning egriligini chiqarish uchun V2V3 kesmani ikkiga bo`lamiz va 01 nuqtadan 1,5 sm li perpendiqo’lyar chiziq chizib O2 nuqta qo`yamiz. V202 V3 nuqtalar birlashtiriladi.
Elka qiyaligini chizish. A1G2 kesmaning yuqoridagi to`rtdan bir bo`lagini A1 deb belgilaymiz. V2 nuqtani A4 nuqta bilan birlashtiramiz. V2 nuqtadan chapga doimiy o`lchov 4 sm ni o`lchab V4 xarfi bilan belgilaymiz.
Ko`krak vitochkasini chizish. G1 nuqtadan chapga ko`krak chizig`i ustiga KO=9sm o`lchab G5 nuqtani qo`yamiz. G5 va V4 nuqtalarni birlashtiramiz. T3B4 kesma vitochkaning bir tomoni bo`ladi.
Elkadagi vitochka chuqurligini aniqlash.
V4V5=KAyar:8=44:8=5,5 sm o`lchab qo`yiladi. Ko`kragi kattalar uchun shu 5,5 sm+1=6,5 sm o`lchab qo`yiladi. Ko`kragi kichik gavdada 5,5-1=4,5 sm o`lchab qo`yiladi. Vitochka tomonlari tenglashtiriladi. G3V4=G5,V6- Elka qiyaligi chizig`i ustiga B5 nuqtadan EU=4 sm. =13-4=9 sm o`lchab qo`yamiz va P1 nuqta qo`yamiz. P1 dan A2G3 kesmaning to`rtdan bir bo`lagi 2x ni tutashtiruvchi chiziq chizamiz. P1 nuqtadan pastga 1,5 sm o`lchab P2 nuqta qo`yamiz. P2 nuqtani V6 nuqta bilan birlashtiramiz. Old bo`lagining elka chizig`i hosil bo`ladi.
P2 2X kesma ikkiga bo`linadi — O3 deb belgilanadi. O304 =0,5 sm li perpendiqo’lyar chiziq chiziladi. G3 nuqtadan 2,5 sm li bissektrisa chizig`i chiziladi –G3O5=3 sm. 2X ni O5 va G4 bilan birlashtirilsa, old bo`lagining eng o`miz egri chizig`i hosil bo`ladi.
Beldagi vitochkaning chukurligini kisoblash
(KAyar+2) —(BAyar+2) = (44+2) — (34+2) = 10 sm. Chiqqan ayirma — 10 sm ni beldagi vitochkaning chuqurligiga taqsimlaymiz. Old bo`lagiga 4 sm ni, orqa bo`lagiga 3 sm ni va yoniga 3 sm taqsimlaymiz. Ko`krak chizig`idan 3-4 sm pastrog`idan nuqta olib vitochkaning chu`urligi nuqtalari bilan birlashtiramiz.
Nimchaning yon chizig`ini aniqlash.
(BkAyar+2):2=(48+2):2=50:2=25 sm. B1B2=BB3=25 sm. G4B2 nuqta birlashtirilsa, old bo`lagining yon chizig`i, G4B3 ni birlashtirilsa, ort bo`lagining yon chizig`i hosil boi`ladi. Quyidagicha hisoblash asosida istalgan razmerga kerakli andaza chizmasini chizish mumkin.
AMALIY MASHG`ULOT
Elkadagi vitochkani yon chokiga ko`chiriladi .
Andazani bichishga tayyorlash. Andazaning nomini yozib qo`yish.
Uning qismlarini yozib chiqish. Andaza necha qismdan iborat ekanligini aniqlash. Andazada gazlamaning buylama ipi yo`nalishini aniqlash.
Andazada gazlamaning buklanadigan joylarini belgilash.
Andazada gazlamadan qoldirib bichiladigan chok xaqini yozish.
Elka choki 1-2 sm gacha, eng o`miz 1 sm, yon choklari 2 sm, etagi 3-4 sm qoldirib bichiladi. Bichish va tikish paytida xavsizlik qoidalariga rioya qilish, ya’ni: Qaychini uzatishda uning uchlarini yopib, dastasidan ushlab turish;
ish vaqtida qaychini yopiq xolda o`ng tomonga qo`yish;
3) mashinada tikishda qaychi aylanuvchi qismlar oldida
turmasligi;
qaychi tikilayotgan gazlama tagida turmasligi;m qaychi ma’lum bir joyda saqdanishi kerak;
nina va tug`nog`ich maxsus yostiqchaga qadalgan xolda saqlanishi;
nina va tug`nog`ichlarni kiyimga qadab qo`ymaslik; 8)qo`lda tikish vaqtida angishvonadan albatta foydalanish. Elektr dazmol bilan ishlaganda: dazmol shnurini tekislab qo`yish; dazmolni me’yoridan ortiq qizdirib yubormaslik; dazmol taglikka qo`yilishi; ish tugagach, uni sovitib uz joyiga qo`yish kerak.
Gazlamani bichishga tayyorlash Gazlamalar yuvilganda kirishadi. Gazlamaning shu xossasini hisobga olib, bichishdan oldin uni suvga bo`ktirib yoki ho`llab olish kerak. Nam holda dazmollab olinsa, tayyor kiyim keyinchalik kirishmaydi. Shoyi va jun gazlamalarni 2-5 soat ho`l choyshabga o`rab qo`yiladi. Keyin chap tomondan ho`l latta ustidan dazmollanadi. Dazmol bo`ylama ip yo`nalishida yurgiziladi. Ip gazlamalar namligida dazmollanadi. Sun’iy shoyilarga suv sachratilmaydi, aks xolda u dog` bo`lib qo`ladi.

Xulosa
Tana o‘lchamlari, odatda, aniqlanayotgan o‘lchamdan sezilarli darajada farq qiladi. Shuning uchun o‘lchov o‘tkazilayotgan paytdagi tananing holati oldindan belgilanadi va qayta o‘lchashda aynan shu holat qaytarilishiga e’tibor beriladi. O‘lchovlar vertikal va gorizontal tekisliklar bo‘yicha olib boriladi. Ya’ni, vertikal sagittal va frontal tekisliklari hamda gorizontal transversal tekisligi(1.1-rasm) bo‘yicha o‘lchovlar olinadi. O‘lchov olish vaqtida odam gavdasi muayyan vaziyatni egallashi, ya’ni zo‘riqmasdan, to‘g‘ri turishi hamda qomatining odatdagi holatini saqlashi, bosh ko‘z-quloq gorizontal chizig‘idan chetga og‘masligi, qo‘llar tushirilgan, barmoqlar yozilgan, tizza bukilmagan bo‘lishi, tovonlar juftlashtirilgan va oyoqlar uchi ikki tomonga kerilishi lozim.



Yüklə 80,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin