G‘aznachilikda pul oqimlari ustidan kompleks monitoring qilish shahlo Shodmonkulova Olimjon qizi


Keywords:  treasury, cash flow, control, monitoring, cash, cash flow, economy, cash flow  management.  KIRISH



Yüklə 38,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix13.12.2023
ölçüsü38,07 Kb.
#174911
1   2   3   4   5
g-aznachilikda-pul-oqimlari-ustidan-kompleks-monitoring-qilish

Keywords: 
treasury, cash flow, control, monitoring, cash, cash flow, economy, cash flow 
management. 
KIRISH 
O‘zbekiston Respublikasida jamiyat taraqqiyotining barcha sohalarida, dastlabki 
navbatda iqtisodiy jabhada islohotlarni yanada chuqurlashtirish va albatta, erkinlashtirish 
borasida aniq dastur mavjud. Bu dasturning joriy etilishidan ko‘zlangan asosiy maqsad 
O‘zbekistonning bozor islohotlarini amalga oshirish, jahon hamjamiyatiga keng 
integratsiyalashuvi va barqaror borishi uchun mastahkam poydevor yaratmoqlikdir.
TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI 
Mustahkam zamin yaratish uchun respublikada bozor iqtisodiga o‘tish tamoyillari va 
uning keyingi bosqichlarida ustuvor yo‘nalishlarning belgilanishi, ayniqsa, ijtimoiy-siyosiy 
hayot, shuningdek, iqtisodiyotni erkinlashtirish, mulkdorlar sinfini tashkil qilishdan kelib 
chiqqan holda, bir qancha sohalarni, jumladan, g‘aznachilik, g‘aznachilikda pul oqimlari ustidan 
kompleks monitoring etish uslubiyoti ham isloh qilishni taqozo etmoqda. Ana shu islohot sabab 
mamlakatda davlat moliyasini boshqarish tizimida ham ildam harakatlarni kuzatish mumkin.
O‘zbekiston Respublikasida davlat moliyasini boshqarish tizimida olib borilayotgan 
islohotlar, qator vazifalar bilan birgalikda, davlat byudjetining g‘azna ijrosiga bosqichma-
bosqich o‘tishni va uning faoliyat mexanizmlarini takomillashtirishni nazarda tutib, bunda 
zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida davlat mablag‘larining harakati to‘g‘risidagi 
ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash, uzatish usullarini o‘zlashtirish asosida davlat moliyasini 


SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337 
459 
boshqarishning samarali usul va vositalarini shakllantirish hamda muvofiq holda ishlashini 
ta’minlash zarur bo‘ladi. Mamlakatda davlat byudjetining g‘azna ijrosini samarali tadbiq etishga 
faqatgina barqaror rivojlanish ko‘rsatkichlariga erishilganidan keyingina muvaffaq bo‘lindi. 
O‘zbekiston hukumati davlat moliyasini boshqarish tizimida ham kengqamrovli islohotlarni 
muvaffaqiyatli amalga oshirib kelayotgani va bu islohotlarning ijobiy natijalarini davlat byudjeti 
g‘azna ijrosining muvaffaqiyatli joriy etilishida ham kuzatish mumkin.

Yüklə 38,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin