TADQIQOT NATIJALARI Bundayin o‘sish sur’atlarida endigi navbat g‘aznachilikda pul oqimlari ustidan kompleks
monitoring qilish masalasi bo‘lishi hamda bu yo‘nalishda monitoring qilish uslubuyotini takomil
etish bo‘ladi. Shu sabab bilan ham sohada barcha hatti-harakatlar o‘rganilishi o‘rinlidir.
Tashkilotning barcha turdagi moliyaviy va xo‘jalik operatsiyalarini amalga oshirish, pul
mablag‘larining harakati - ularning kelib tushishi yoki sarflanishi bilan birga keladi. Ushbu
uzluksiz jarayon pul oqimi tushunchasi bilan belgilanadi. Tashkilotning pul oqimi - bu uning
iqtisodiy faoliyati natijasida yaratilgan vaqt davomida taqsimlangan mablag‘larning tushumlari
va to‘lovlari to‘plami demakdir. Tashkilotning barcha shakl va turdagi pul oqimlari hamda
shunga mos ravishda, umumiy pul oqimlari moliyaviy boshqaruvning eng muhim mustaqil
ob’yekti hisoblanadi.
Bu pul oqimlarini boshqarish tashkilotning rivojlanishi va shakllanishidagi roli bilan
belgilanadi. Tashkilotning deyarli barcha sohalarida normal iqtisodiy faoliyatini ta’minlaydigan
pul oqimlari "moliyaviy aylanma" tizimi sifatida ifodalanishi mumkin. Samarali tashkil etilgan
pul oqimlari "moliyaviy salomatlik"ning eng muhim belgisi, xo‘jalik yurituvchi sub’yekt
faoliyatining yuqori yakuniy natijalariga erishishning zaruriy sharti bo‘lib, iqtisodiy va
investitsiya faoliyati ritmini oshirishga yordam beradi.
Pul oqimlarini samarali boshqarish usullari va yo‘llari turlichadir. Pul oqimlarini samarali
boshqarish juda muhimdir, chunki:
- rivojlanish jarayonida tashkilotning moliyaviy muvozanatini ta’minlaydi. Ushbu
rivojlanish sur’ati va moliyaviy barqarorlik ko‘p jihatdan har xil turdagi pul oqimlarining hajm
va vaqt bo‘yicha sinxronlashtirilganligi bilan belgilanadi. Bunday sinxronizatsiyaning yuqori
darajasi kompaniyaning strategik rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishda sezilarli tezlashuvni
ta’minlaydi;
tashkilotning qarz kapitaliga bo‘lgan ehtiyojini kamaytirishga imkon beradi;
pul oqimlarini faol boshqarish orqali siz o‘zingizning moliyaviy resurslaringizdan
yanada oqilona va tejamkor foydalanishni ta’minlashingiz, tashkilotning qarzga olingan
kreditlarga bog‘liqligini kamaytirishingiz mumkin;
to‘lovga layoqatsizlik xavfini kamaytirishni ta’minlashda ham muhim ahamiyat
kasb etadi.