SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
460
G‘aznachilikning umumiy vazifasi biznesning likvidligini boshqarish deb qaralsa, bundan
kelib chiqib, barcha joriy va prognoz qilinayotgan naqd pul tushumlari davlatda korxona va
tashkilotlar faoliyatini moliyalashtirish uchun yetarli miqdorda naqd pul mavjudligini ta’minlash,
shuningdek, ortiqcha pul mablag‘larining to‘g‘ri investitsiya qilinishini ta’minlash uchun nazorat
qilinishi lozim.Yana naqd pulni boshqarish masalasiga ham e’tibor qaratilishi kerak.
XULOSA
Naqd pulni boshqarish nima? Naqd pul boshqaruvi, shuningdek, g‘aznachilik boshqaruvi
sifatida ham tanilgan. Iqtisodiy tomonlama faoliyat yuritayotgan
korxona yoki tashkilotning
operatsion, investitisiya va moliyaviy faoliyatidan pul oqimlarini yig‘ish hamda boshqarishni o‘z
ichiga oluvchi jarayon deyilsa to‘g‘ri bo‘ladi. Iqtisodiyotda bu tashkilotning moliyaviy
barqarorligining asosiy jihati deya e’tirof etiladi.
Naqd pul eng likvid aktiv sanalishi sir emas. Davrning hozirgi bosqichida naqd pul uzoq
vaqt qolmaydi. Ammo ma’lum miqdorda ular doimiy ravishda aylanma mablag‘lar
tarkibida
mavjud bo‘lishi kerak. Aks holda, korxona yoki tashkilot to‘lovga layoqatsiz deb topiladi. Pul
oqimlarini monitoring qilishning asosiy maqsadi pul oqimlarining taqchilligi (yoki ortiqchaligi)
sabablarini
vaqtida bilib, aniqlash va korxona, tashkilotning joriy likvidligi hamda to‘lov
qobiliyatini nazorat qilish uchun ularning kelib tushish manbalari hamda sarflash yo‘nalishlarini
aniqlash desa ham bo‘ladi. Uning to‘lov qobiliyati va likvidligi ko‘p
holatlarda buxgalteriya
hisoblarida aks ettirilgan naqd to‘lovlar oqimi ko‘rinishidagi real pul aylanmasiga ham bog‘liq
bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: