5-rasm. Nasadkali absorber:
1 — qobiq; 2 — suyuqlik taqsimlagichi; 3 —
nasadka qatlami;
4 — tayanch to’ri; 5 — gidravlik zatvor.
Qurilmaning ichki bo’shlig`i
nasadka bilan to’ldirilgan bo’ladi (4-rasm)
yoki har birining balandligi 1,5—3m bo’lgan
qatlamlar
holatida
joylashtiriladi.
Gaz
to’rning
tagiga beriladi, so’ngra nasadka
qatlamidan o’tadi.Suyuqlik
esa kolonnaning
yuqorigi qismidan maxsus taqsimlagichlar
orqali sochib beriladi,
u nasadka qatlamidan o’tayotganda
pastdan
berilayotgan gaz oqimi bilan uchrashadi.
Kolonna samarali ishlash uchun
suyuqlik bir tekisda, qurilmaning butun ko’ndalang kesimi bo’ylab bir xil sochib berilishi kerak.Bu qurilmaning
kontakt yuzasi nasadkalar
yordamida hosil qilinadi.
Odatda nasadkali absorberlarning diametri 4 m dan ortmaydi. Katta diametrli kolonnalarda gaz va suyuqlikni qurilmaning ko’ndalang
kesimi bo’yicha bir me’yorda taqsimlash juda qiyin, shu sababdan katta diametrli absorberlar
samaradorligi ancha kam bo’ladi. Biroq sanoatda diametri 12 m gacha bo’lgan
absorberlar ham ishlatiladi.
Nasadkalar sifatida Rashig halqalari, keramik buyumlar, koks, maydalangan kvars, polimer, halqalar, metalldan tayyorlangan to’rlar,
sharlar, propellerlar, egarsimon elementlar va boshqalar ishlatiladi (4-rasm). Nasadkalar samarali ishlashi uchun quyidagi
talablar bajarilishi
kerak:
1) Nasadkalar hajm birligida katta yuzaga ega bo’lishligi;
2) Sochilib beruvchi suyuqlik bilan yaxshi aralashishi;
3) Gaz oqimiga nisbatan kam gidravlik qarshilik ko’rsatishi;
4) Sochiluvchan suyuqlikni bir xil tarqatishi;
5) Kolonnada harakat qilayotgan suyuqlik va gazlarning ta’siriga nisbatan
kimyoviy mustahkam bo’lishi;
6) Solishtirma og`irligi kam bo’lishi;
7) Mexanik jihatdan mustahkam;
8) Arzon bo’lishi lozim.
Lekin amalda bunday talablarni qondiradigan nasadkalar uchramaydi, masalan, solishtirma yuzaning katta bo’lishi, qurilma gidravlik
qarshiligining ortib ketishiga olib keladi.Shuning uchun sanoatda absorbsiya jarayonining asosiy talablarini qanoatlantiradigan nasadkalar
ishlatiladi.Sanoatda Rashig halqalari eng ko’p qo’llaniladi.
Nasadkali absorberlar bir qator afzalliklarga ega: tuzilishi sodda va agressiv suyuqliklar bilan ishlash imkoniyati mavjud.
Bunday qurilmalardan modda o’tkazishdagi diffusion qarshilikning qiymati suyuq yoki gaz fazada kata bo’lgan
paytda ham
foydalanish mumkin.
Bunday qurilmalar kamchiliklardan ham xoli emas.
Nasadkali kolonnalarda gazlarning yutilishida ajralib chiqadigan issiqlikni yo’qotish qiyin, bundan tashqari suyuqliklarning
sochilish miqdori kam bo’lganda nasadkalar yomon ho’llanadi. Bu qurilmalarda hosil bo’ladigan
issiqlikni kamaytirish, nasadkalarni yaxshi
ho’llash uchun absorbentlarni nasos orqali resirkulyatsiya qilish (ya’ni absorbertning ma’lum qismini qaytadan kolonnaga berish)
usuli
qo’llaniladi.
Bu vaqtda absorbsiya qurilmasining tuzilishi murakkablashadi va resirkulyatsiya uchun quvur ishlatilishi natijasida uning qiymati
ortib ketadi. Nasadkali kolonnalardaifloslangan yoki loyqalangan suyuqliklarni ishlatib bo’lmaydi.
Dostları ilə paylaş: