3-Rasm. Tarelkali absorber
Plyonkali absorberlar
Plyonkali absorberlar. Bunday absorberlarning
tuzilishi ixcham, samaradorligi yuqori bo’lgani uchun ko’proq ishlatiladi.Ushbu
absorberlarda fazalarning kontakti qattiq (odatda vertikal) yuza bo’yicha oqayotgan suyuqlikning yupqa qatlamida yuz beradi. 3-rasmda quvurli
plyonkali absorberning sxemasi ko’rsatilgan.Bu qurilmaning tuzilishi qobiq-quvurli issiqlik almashinish qurilmasiga o’xshash.Absorbent
qurilmaning yuqorigi qismidagi quvur to’siqlari orqali quvurlarga maxsus taqsimlagich yordamida bir me’yorda
taqsimlanib,
quvurning
balandligi bo’ylab ichki yuzasidan suyuqlikning yupqa qatlami holida pastga harakat qiladi. Gaz esa quvurning pastki qismidan yuqoriga, yupqa
qatlam holida oqib kelayotgan suyuqlikka qarama-qarshi yo’nalishda harakat qiladi.
4 -rasm. Quvurli plyonkali absorber: 1 — qobiq; 2 — quvurlar;
Gazning tarkibidagi tegishli komponentni
yutib olgan suyuqlik
qurilmaning pastki qismidagi shtutser orqali ajratib olinadi. Gazning inert qismi
(ya’ni yutilmay qolgan qismi) qurilmaning yuqorigi shtutseri orqali tashqariga
chiqariladi. Absorbsiya jarayonida hosil bo’lgan issiqlikni
ajratib olish uchun
qobiq va quvurlar orasidagi bo’shliqqa suv yoki sovituvchi suyuqlik beriladi.
Quvurli absorberda gaz bilan suyuqlik o’rtasidagi
kontakt yupqa qatlamda
(plyonkada)
yuz beradi; absorbsiya jarayoni paytida sovib turuvchi issiqlik almashinish yuzasining ustida suyuqlikning
tez aralashishi yuz
beradi. Shu sababdan bunday qurilmalardan yuqori issiqlik effektiga ega bo’lgan gaz aralashmalaridan kerakli komponentlarni
ajratib olishda
foydalaniladi.
Qarama-qarshi yo’nalishga ega bo’lgan plyonkali absorberlarda gazning mumkin bo’lgan eng katta tezligi yuqori qiymatga ega (3-6
m/s). Ushbu absorberlarning gidravlik qarshiligi juda kam. Shu sababli bunday absorberlardan gazning sarfi katta bo’lib, gidravlik qarshilikning
qiymati kam bo’lishligi talab qilingan va ajratish darajasi esa yuqori bo’lmagan holatlarda ishlatish maqsadga muvofiqdir.
Dostları ilə paylaş: