Generatorlarni texnik ishlatish


Generatorlarni uyg‘otish tizimlari



Yüklə 1 Mb.
səhifə5/5
tarix14.12.2023
ölçüsü1 Mb.
#177342
1   2   3   4   5
Generatorlarni-texnik-ishlatish

Generatorlarni uyg‘otish tizimlari

O‘z-o‘zidan uyg‘otish tizimi, umuman, mustaqil uyg‘otish tizimiga qaraganda kamroq ishonchli, chunki, ularda uyg‘otgichning ishi o‘zgaruvchan tok tarmog‘i rejimiga bog‘liq bo‘ladi. Tarmoqda kuchlanish kamayishiga olib keladigan qisqa tutashuv uyg‘otish tizimining
2.5 - rasm. Elektromashinali mustqil uyg‘otishning prinsipial sxemasi
normal ishlashini buzadi, vaholanki, bunday hollarda uyg‘otish tizimi generator
rotorining chulg‘amida tokning jadallashtir lishini ta’minlashi lozim.
Elektr mashinali uyg‘otgichi bo‘lgan agregatli sinxron generatorni uyg‘otishning prinsipial sxemasi 2.5-rasmda ko‘rsatilgan. Uyg‘otgich agregat elektr stansiyaning o‘z ehtiyojini qondirish shinasidan ta’minlanuvchi asinxron dvigatel АД dan va o‘zgarmas tok generatori В dan iborat. Uyg‘otishni jadallashtirishda uyg‘otgich agregatning ishonchli ishlashini oshirish uchun uyg‘otgich V ni aylantiruvchi asinxron dvigatel zarur o‘tayuklanish xususiyati bilan tanlanadi.
Bunday uyg‘otish agregatlari elektr stansiyalarida zaxira uyg‘otish manbai sifatida
keng tarqalgan.
Yarim o‘tkazgichli o‘zgartirgichli o‘z-o‘zidan uyg‘otish sxemalariniig mumkin
bo‘lgan variantlaridan biri 2.6-rasmda keltirilgan.
Sxemaning asosiy elementlariga yarim o‘tkazgichli o‘zgartirgichlarning ikki guruhi - boshqarilmaydigan ВН, hamda boshqariladigan ВУ ventillar, kuch kampaundlash transformatori TСK va to‘g‘rilagichli transformator ВТ kiradi.
Boshqarilmaydigan ventil VP generator statorining tokiga ikkilamchi toki proporsional bo‘lgan transformator TСK dan boshqariladigan ВУ ventil generatorning kuchlanishiga ikkilamchi

kuchlanishi proporsional bo‘lgan transformator ВТ dan ta’minlanadi. Toki generatorning statori tokiga proporsional bo‘lgan BN ventili yuklama mavjudligida mashinani uyg‘otish hamda qisqa

2.6-rasm. Yarim o‘tkazgichli o‘zo‘zidan uyg‘otishning prinsipial sxemasi.

tutashuvda uyg‘otishni jadallashtirishni ta’minlaydi. Ventillar ВУ ning quvvati generatorning salt
yurishida uyg‘otishni hamda normal rejimida uyg‘otini rostlash uchun etarli qilib hisoblanadi. Boshqarilmaydigan ventillar nominal rejimda generatorni uyg‘otish uchun sarflanadigan tokning 70—80% ini ta’minlaydi. Yarim o‘tkazgichli uyg‘otish tizimining parametrlari to‘g‘ri tanlansa, ular o‘z xususiyatlari bo‘yicha mustakil tiristorli uyg‘otish tizimiga yaqinlashadi va shuning uchun quvvatli sinxron mashinalarda qo‘llaniladi.
Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin