108
Genetika
hisoblanadi. Bu qonunni esa faqat
“
id ea l” populyatsiyalar
uchun-
gina qo‘llash mumkin.
“Ideal” populyatsiyalar quyidagi talablarga javob beradi:
1) Ko‘p sonli bo‘ladi;
2) Populyatsiyada panmiksiya kuzatiladi;
3) O‘rganilayotgan allelning yangi mutatsiyalari kuzatilmaydi
yoki to ‘g‘ri mutatsiya va teskari mutatsiya chastotalari bir-biriga
teng bo‘ladi;
4) Hamma genotiplarining o ‘zaro moslanuvchanligi bir xil
bo‘ladi (tanlash b a’zi genotiplarga nisbatan ijobiy, boshqa genotip-
lar uchun esa salbiy b o ‘lmaydi);
5) O‘rganilayotgan populyatsiya shu turning boshqa popu-
lyatsiyalaridan izolyatsiyalangan bo‘ladi.
Tabiiyki, tabiatda bunday “ideal populyatsiya”lar uchramaydi,
lekin ko‘p sonli populyatsiyalarda Xardi-Vaynberg qonunini shartli
ravishda qo‘llasa bo‘ladi. Nazariy hisoblashlar natijasini real po-
pulyatsiyalardan olingan m a’lumotlar bilan solishtirish bu xulosa-
ning to ‘g‘ri ekanligini isbotlaydi.
Xardi-Vaynberg qonuni populyatsiyaning irsiy jihatdan stabil-
ligini ta ’kidlaydi:
Dostları ilə paylaş: