153
olish maqsadida 1974-yilda AQSHda g‘alqaro kongressda ehtiyot
choralari ishlab chiqilgan va mikroorganizmlar seleksiyasi, gen
injeneriyasi bilan shug‘ullanuvchi davlatlar bu xalqaro kelishuvga
imzo chekkanlar.
Mustaqil tayyorlanish uchun savollar
1. Mikroorganizmlar seleksiyasining o‘ziga xosliklari
2. Mikroorganizmlar seleksiyasining asosiy usullari.
3. Gen injeneriyasining asosiy bosqichlarini aytib bering.
4. Gen injeneriyasi uchun zarur genlar qanday usullar bilan oli-
nadi?
5. Kimyoviy sintez yo‘li bilan qanday genlarni olish mumkin?
6. Fermentativ sintezning mohiyatini tushuntiring.
7. Vektor molekulalar nima?
8. Rekombinant molekulalar nima?
9. Mikroorganizmlar seleksiyasining xavfli muammolarini bilasiz-
mi?
35-§. Biotexnologiya, yutuqlari va istiqboli
Biotexnologiya — bu xalq xo‘jaligi uchun zarur bo‘lgan mah-
sulotlarni mikroorganizmlar, o‘simliklar va hayvon hujayralari yor-
damida sanoat miqyosida olishdir.
Biotexnologiya so‘zi faqat XX asrning 70-yillarida paydo
b o ‘lishiga qaramasdan insonlar o ‘z amaliyotlarida — non yopishda,
vino, pivo va sut mahsulotlarini tayyorlashda qadim zamonlardan
beri foydalanib kelishgan. Ajdodlarimiz bu jarayonlar mohiyatini
tushunmasa ham yillar davomida bu texnologiyalarni tobora
takomillashtirib borishgan.
Biotexnologiya jarayonlarining biologik mohiyati XIX asrda-
gina fransuz olimi Lui Paster tadqiqotlari natijasida aniqlana bosh-
landi. XX asrning ikkinchi yarmida sitologiya, hujayra biologiyasi,
bioximiya, molekulyar biologiya va molekulyar genetika fanlarining
erishgan muvaffaqiyatlari biotexnologiyaning tez rivojlanishiga
turtki bo‘ldi.
Mikroorganizmlarning yuqori mahsulli shtammlarini selek-
siyalash biotexnologik jarayonlar samaradorligini oshirdi.
Biotexnologiyaning o‘ziga xosligi shundaki bu jarayonlarda
ilmiy-texnik protsess yutuqlari bilan bir qatorda tabiiy manbalar-
dan keng foydalaniladi.
154
Genetika
Biotexnologiya jarayonlari quyidagi bosqichlardan tashkil top
gan:
Dostları ilə paylaş: