11. Polimer ta’sirlanishni dastlab o’rgangan olim?
A) Karpachenko B) Morgan
C) de- Friz D) Nilson- Ele
12. Fenilketonuriya kasalligi autosomada joylashgan retsessiv gen bilan ifodalansa, u kimlarda namoyon bo’ladi?
A) faqat qizlarda
B) faqat o’g’il bolalarda
C) o’g’il va qizlarda bir xil namoyon bo’ladi
D) birinchi avlodda o’g’il bolalarda, ikkinchi avlodda qizlarda
13. Odamlarda sochning jingalak bo’lishi(J), tekis bo’lishi(j) geni ustidan chala dominantlik qiladi, shuning uchun geterozigotali sochi to’lqinsimon bo’ladi. Sochlari to’lqinsimon bo’lgan ayol, sochlari tekis bo’lgan erkakka turmushga chiqdi. Bu oila farzandlarining fenotip va genotipi qanday?
A) 100% to’lqinsimon; Jj
B) 75% jingalak; 25 % silliq; Jj, jj
C) 50 % jingalak va 50 % silliq; JJ, jj
D) 50 % to’lqinsimon va 50 % silliq; Jj, jj
14. Mushuklarda ranglarni ifodalovchi genlar X xromosomada joylashgan. Qora rang dominant va malla rang ustidan to’liq dominantlik qila olmaydi, natijada geterozigotalarda oraliq belgi toshbaqa rang hosil bo’ladi. Toshbaqa rangli mushuklarning jinsi va genotipi qanda bo’ladi?
A) urg’ochi; XAXA, yoki XaXa B) erkak; XaY
C) faqat urg’ochi XAXa D) faqat erkak; XAYa
15. Odamlarda sochning jingalakligi silliqligi ustidan chala dominantlik qiladi, geterozigota organizmlarning sochi to’lqinsimon bo’ladi. O’ng qo’lni ishlatish va normal eshitish chapaqaylik va karlik ustidan to’liq dominantlik qiladi. Jingalak sochli, o’naqay, normal eshituvchi ayol, to’lqinsimon sochli, chapaqay, normal eshituvchi erkakka turmushga chiqqan. Ularda to’lqinsimon sochli, chapaqay, kar farzand tug’ilgan bo’lsa, ota ona genotipini toping.
A) AaBbDd x AabbDD B) AABBDd x AAbbDD
C) AaBbDd x AAbbDd D) AABbDd x AabbDd
16. Bug’doy doning rangi ikki juft polimer genga bog’liq va donning qizil, och qizil, pushti, och pushti, oq formalari uchraydi. Quyidagi genotiplarning qaysi biri donning pushti bo’lishini belgilaydi?
Dostları ilə paylaş: |