GENETIKA.
1. Jinsiy xromosomalarning qaysi to’plami Klaynfelter sindromiga xos emas?
A) XYY B) XXY C) XO D) XXXY
2. Bulg’or garmdorilarning qizil va yashil, yupqa va qalin etli xillari bo’ladi.
Qizil rangni boshqaruvchi gen dominant, yupqa etli bo’lish retsessiv genga bog’liq. Ikki gen ham har xil autosomalarda joylashgan. Agar geterozigotali qizil va qalin po’stli garmdori har ikki belgisi bo’yicha retsessiv xili bilan chatishtirilsa F1 da qanday genotipga ega garmdorilar olish mumkin?
A) AaBb, Aabb, aaBb, aabb B) AABB, AABb, AbBB, AbBb
C) aabb, AbBb, aaBB, AAbb D) AABB, AABb, aaBb, aabb
3. Sariq junli erkak va urg’ochi sichqonlar chatishtirilganda, ularnning 24 tasi sariq, 12 tasi oq quyon olindi. Urg’ochi va erkak quyonlarning genotipi va hosil bo’lgan avlodlar nisbatini aniqlang.
A) Aa x aa 1:1 B) Aa x Aa 2:1
C) Aa x AA 2:1 D) AA x aa 3:1
4. Odamlarda sochning jingalak bo’lishi(J), tekis bo’lishi(j) geni ustidan chala dominantlik qiladi, shuning uchun geterozigotali sochi to’lqinsimon bo’ladi. Oiladagi farzandlarning 25% jingalak, 50% to’lqinsimon, 25% silliq sochli. Ota- onaning genotipini aniqlang.
A) JJ x jj B) JJ x Jj C) Jj x jj D) Jj x Jj
5. Dengiz cho’chqalarining silliq junli bo’lishi retsessiv genga bog’liq, hurpaygan dominant gen bilan aniqlanadi. Hurpaygan junli ikkita dengiz cho’chqalari chatishtirilganda ulardan 36tasi hurpaygan 12 tasi silliq junli bo’ldi. Ularning ichida nechtasi dominant gomozigotali?
A) 11 B) 12 C) 36 D) 24