Geoaxborot tizimining ilmiy
asoslari
12
manbalardan olinadi va boshlangʻich qayta ishlov amalga oshiriladi. Bu
tizimning asosiy vazifasi turli xil fazoviy ma’lumotlarni oʻzgartirish
(rastr koʻrinishdan vektor koʻrinishiga keltirish) dan iboratdir.
2.
Ma’lumotlarni saqlash va ajratish tizimi.
Tizimning asosiy vazifasi
fazoviy ma’lumotlarni ajratish, yangilash va tahrir qilishdan iborat.
3.
Ma’lumotlarni boshqarish va tahlil qilish tizimi. Bunda turli masalalarni
hal qilish uchun ma’lumotlar guruhlanadi, ajratiladi va modellashtiriladi.
4.
Ma’lumotni chiqarish tizimi. Toʻliq yoki qisman ma’lumotlar bazasi
jadval, diagramma yoki karta koʻrinishida tasvirlanib,
bosmaga
chiqariladi yoki foydalanuvchining talabiga koʻra elektron yoki qogʻozli
ma’lumot koʻrinishida beriladi.
Yuqoridagi toʻrtta tizim GATning ajralmas va amalga oshirilishi shart
boʻlgan muhim tizimlaridir. Barcha jarayonlar mana
shu tizim ichida amalga
oshiriladi va bunda ham, albatta, inson omili juda muhim rol oʻynaydi.
Geoaxborot tizimida geofazoviy ma’lumotlar bilan ishlashda uning besh
tarkibiy qismi yoki komponentlari muhim sanaladi. Bu kompyuter tizimi, dasturiy
ta’minot,
insoniy resurslar, ma’lumot, tahliliy jarayonlar va zaruriy
infratuzilmalardir.
1.5-rasm.
Geoaxborot tizimining muhim tizimlari
(Manba: Muallif)
Dostları ilə paylaş: