Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari geoaxborot tizimining ta’rifi



Yüklə 0,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/25
tarix30.09.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#151049
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   25
Geoaxborot tizimi tarixi

Geoaxborot tizimining ilmiy 
asoslari
 
10 
ma’lumotlari, nivelirlash ma’lumotlari asos boʻlib xizmat qiladi. 
Vektor format 
deganda kartografik axborotlarni yoʻnalishi va uzunligiga 
ega boʻlgan vektor koʻrinishda tasvirlash tushuniladi. 
Rastr format 
deganda kartografik ma’lumotlarni matritsa yoki katakchalar 
koʻrinishida tasvirlash tushuniladi. 
Rastr
– bu oʻzining koordinata sistemasiga va har biri oʻzaro 
bogʻlanmagan xarakterga ega boʻlgan kataklar jamlanmasidir. 
Elektron kartalar 
– bu dasturiy qabul qilingan kartalarni proyeksiyalash va 
shartli belgilar tizimi kabi texnik vositalar yordamida tasvirlangan hamda dasturiy
boshqarish mumkin boʻlgan kartografik tasvir. Bu turdagi kartalar raqamli 
karta yoki geoaxborot tizimining ma’lumotlar bazasiga asoslanib yaratiladi. 
Stereoskop
– bu relyefli joyning tasviri tushirilgan ikkita bir xil suratni 
koʻruvchi va oʻsha joyning past - balandliklarini koʻrsatib beruvchi optik qurilma. 
Agar biz qurilma yordamida tasvirlarga qarasak, undagi oʻxshash nuqtalarni 
birlashtirib, umumiy bir surat holiga kelguncha yaqinlashtirib boraveramiz. 
Shundan keyin oʻsha joyning relyefini koʻrishimiz mumkin boʻladi. Koʻzlar 
orasida interval (masofa) qanchalik katta boʻlsa, ikki suratning farqi va relyefni 
koʻrish imkoniyati shunchalik yuqori boʻladi. 
Bunday asboblar turlicha boʻladi. Raqamli fotogrammetriyada 
stereoskopning bir necha turlari ishlatiladi. Ulardan eng keng tarqalgani bu 
koʻzoynak koʻrinishidagi va suratlar ustiga qoʻyilib koʻriladigan stereoskopdir. 
Koʻzoynak koʻrinishidagi stereoskop orqali stereoskopik yoki uch oʻlchamli 
tasvir kompyuter ekranidagi raqamli suratlarni yonma-yon qoʻyish orqali hosil 
qilinadi. Bunday koʻrish usuli GATda rangli rejimda ishlash ham deyiladi, ya’ni 
bu qurilma joyning relyefini rangli tasvirlar orqali koʻrsatib beradi. Bu koʻzoynak 
linzalari 2 xil – qizil va koʻk ranglarda boʻladi. Masalan, chap tarafdagi rasm qizil 
rangda, oʻng tarafdagi rasm esa koʻk rangda olinadi. 
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, ikki turli xil nuqtalardan olingan ayni bir 
joyning surati orqali oʻsha joyning uch oʻlchamli tasvirini uning relyeflari bilan 
birgalikda koʻrishimiz mumkin. Bunday koʻrinish ayniqsa kompyuter bilan 
ishlaganda juda qoʻl keladi, ya’ni biz kartadagi past-balandliklarni aniq koʻra 
olamiz va shu asosda gorizontallarni aniq belgilashimiz mumkin boʻladi. 
Stereotasvir hosil qilishning bir nechta turlari mavjud boʻlib, bu 
qurilmaning ishlash salohiyati va xususiyatlariga bogʻliq boʻladi. Raqamli 
fotogrammetriyada stereoskop har doim ham ishlatilmaydi. Uning oʻrniga 
avtomatik uch oʻlchamli tasvir hosil qilib beruvchi dasturlardan ham foydalanish 
mumkin. Bunday dasturlarga ulardan eng keng qoʻllaniladigani MatLAB va har 
bir dastur ichida uch oʻlchamli tasvir hosil qiluvchi kichik dasturlarni kiritishimiz 
mumkin. Stereoskopik jarayonda uch oʻlchamli koʻrinish inson miyasida qayta 
ishlanib hosil qilinsa, kompyuterga oʻrnatilgan maxsus stereoskop orqali hosil 
qilinadigan tasvir kompyuter miyasi yoki tizimida qayta ishlanib, monitorda hosil 
qilinadi. 
Qatlam 
– bu bir turdagi vektor grafik ma’lumotlar toʻplami hisoblanib, u 
nuqtaviy, chiziqli, poligonli boʻladi. Jadval ma’lumotlarni tasvirlashning asosiy 
usuli bu kartalardir. 
ArcView kartasi bir nechta qatlamlardan iborat boʻlishi mumkin. 



Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin