Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari 32
ArcCAD tizimi. ArcCAD atrof-muhit tizimini oʻrganish instituti
tomonidan ishlab chiqilgan maxsus dastur boʻlib, bu dastur bizga ma’lum boʻlgan
ikki dastur – AutoCAD va ARC/INFO dasturlarini birlashtirish orqali yaratilgan.
Bunda shuni nazarda tutish kerakki, ArcCAD dasturi orqali AutoCAD
ma’lumotlarini Arc/Info dasturiga oʻzgartirib boʻlmaydi. U toʻgʻridan toʻgʻri
fazoviy ma’lumotlarni Arc/Info dasturi formatida yaratadi. Bu esa, oʻz navbatida,
texnologik jihatdan ArcCAD ning ARC/Info ga moslashganligini koʻrsatadi.
Bunday birlashtirish orqali bu dastur qanday yutuqlarga erishdi? Ular
quyidagilardan iborat:
•
ArcCAD ham, Arc/Info ham AutoCAD tizimi orqali yaratilgan fayllarni
oʻqiy oladi;
•
bu tizim orqali yaratilgan ma’lumotlar keyinchalik Arc/Info va AutoCAD
ning kelgusi ma’lumot qayta ishlovida qoʻllanilishi mumkin;
•
ArcView dasturi orqali ArcCAD ma’lumotlarini koʻrish, ekranda tasvirlash
va tahlil qilish mumkin;
•
ArcCAD dBASE turkumidagi fayllar boʻlmish DXF, ASCII, IGES
formatdagi ma’lumotlarni ham oʻqiy olishi mumkin;
•
ArcCAD orqali foydalanuchi Arc/Info dasturiga tegishli boʻlgan barcha
qoʻshimcha xizmat turlaridan foydalanishi mumkin.
ArcCAD topologik tuzilish orqali ma’lumotlarni yaratish, toʻgʻrilash va
boshqarish kabi GAT vazifalarini qamrab oladi. Bu dasturiy tizim oʻzida GATga
mos buyruqlar yigʻindisiga ega.
ArcCAD tizimining foydalanuvchiga moʻljallagan interfeysi orqali
poligonlar overley operatsiyasi, chiziq va nuqtalarni poligonlarga joylashtirish,
bufer zonalarni yaratish, keraksiz chegara chiziqlarni olib tashlash va boshqa
operatsiyalar amalga oshiriladi. Bu tizimda shartli belgilar asosida avtomatik
ravishda shartli belgilarni yaratish ham amalga oshirilishi mumkin. Bunda
ma’lumotlar bazasida saqlanayotgan atribut va interaktiv ravishda foydalanuvchi
tomonidan kiritilgan ma’lumotlardan foydalaniladi. Bu tizim orqali karta va
ma’lumot bazasini bogʻlash mumkin va bunda grafik interfeysli ma’lumotlar