Geoaxborot tizimining ilmiy asoslari 31
kartografiyalash va monitoring qilishni chegaralaydi. Bunday imkoniyatni
faqatgina ArcGIS orqali bajarish mumkin.
MapInfo dasturi fazoviy jihatdan bogʻlangan turli xil ma’lumotlarni
tasvirlash imkoniyatini beradi. Bu tizim Desktop GIS (ishchi dastur) sinfiga kiradi.
80-yillarning oxirida MapInfo va AtlasGIS Desktop GIS turkumidagi dastur
bozorini boʻlishib olgan boʻlsa, Windows operativ dasturiga
moslashtirilgandan soʻng raqibini yengib oʻtdi.
MapInfoning eng muhim xususiyati bu uning universalligidir. Tizim boshqa
dasturlar – DOS, Windows, Windows NT, UNIX bilan va geoaxborot tizimi
dasturlari, raqamli kartografik tizimlar, geografik ma’lumotlar bazasini yaratish va
ishlatish vositalari bilan birgalikda ishlash xususiyatiga ham egadir.
Tizim doirasiga quyidagi imkoniyatlar kiritilgan:
•
ma’lumotlar bazasi ma’lumotlarini tahlil qilish usullari;
•
geografik obyektlarni izlash;
•
kartalarga mavzuli sayqal berish usullari;
•
shartli belgilarni yaratish va tahlil qilish usullari;
•
keng qamrovli ma’lumotlar formatining mavjudligi;
•
masofadan turib ma’lumotlar bazasiga kirish va ma’lumotlarni tarqoq holda
qayta ishlash.
MapInfo dasturi yordamida joy toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni uning manzili
va nomi orqali topish, shuningdek, koʻchalarning kesishuvini, chegarasini,
interaktiv yoki avtomatik ravishda geokodlashni amalga oshirish va ma’lumotlar
bazasidan obyektlarni kartaga koʻchirish mumkin. Ma’lumotlarni tizimda
tasvirlash jadval, karta, diagramma va matn koʻrinishida boʻlishi mumkin. Tizim
orqali maxsus geografik tahlil va grafik tahrir qilish mumkin. Tizimda turli
geodezik masalalarni hal qilish, kartalarni arxivlash va vektorlash, kartografik
proyeksiyalash, fazoviy ma’lumotlarni birlashtirish mumkin. Dasturdagi maxsus
MapBasic dasturlash tili orqali interfeysni oʻzgartirish va Excel, Lotus 1-2-3,
dBase dasturlariga toʻgʻridan toʻgʻri bogʻlanib, ma’lumotlar almashinish mumkin.