Nomenklatura deb topografik kartalarni varaqlarga boʻlish hamda bu
varaqlarni belgilash, ya’ni ularga nom berish tizimiga aytiladi.
Raqamli karta (
numerical, digital map ) – kartalarni proyeksiyalashda,
koordinata va balandlik sistemasini aniqlashda qabul qilingan kartografik
generalizatsiyalash qonunlari asosida tashkil etilgan yuzaning raqamli modeli,
boshqacha aytganda, raqamli kartografik ma’lumot. Raqamli karta
kartografiyalash, karta aniqligi, generalizatsiya, shartli belgilar tizimining barcha
me’yorlari va qoidalari asosida yaratiladi. Raqamli karta oddiy qogʻozli,
kompyuter va elektron karta yaratishda asos boʻlib xizmat qiladi va kartografik
ma’lumotlar bazasi tarkibiga kiradi. Shu bilan birga, u GAT axborot ta’minotining
muhim elementlaridan hisoblanib, bir vaqtning oʻzida GAT jarayonlarining
natijasi ham boʻlishi mumkin.
Kompyuter kartasi – bu avtomatlashgan kartografiyalashning vositalari
(grafoqurilma, plotter, printer, digitayzer yordamida qogʻozda, plastikda,
fotoplyonkadagi tasvir) yordamida grafik qurilmada chiqarilgan karta turidir.
GAT texnologiyalari – bu GATning funksional imkoniyatlarini amalga
oshirishga yordam beruvchi va uni yaratuvchi texnologik asosdir.
Geoaxborot tahlili – geomodellashtirish va fazoviy tahlil usullarini
qoʻllagan holda obyekt va hodisalarning joylashuvi, tuzilishi va oʻzaro bogʻliqligini
tahlil qiluvchi boʻlim.
Geoinformatika – ilmiy, texnologik va ishlab chiqarish faoliyati boʻlib:
1.2-rasm. Mavzuli geoaxborot tizimi kartasi
(Manba: Internet) •
ilmiy asoslash va loyihalashda GATni yaratish, ekspluatatsiya qilish va
6
foydalanish;
•
geoaxborot texnologiyalarini ishlab chiqish;
•
amaliy jihatdan GAT dasturlarining amaliy va geoilmiy maqsadlarini oʻz
ichiga oladi.