Geodeziya, kartografiya, geografiya



Yüklə 151,86 Kb.
tarix20.11.2023
ölçüsü151,86 Kb.
#163968
5-Amaliy ish IG MSH


O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA'LIM FAN VA INNOVATSIALAR VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
TEXNIKA FAKULTETI "GEODEZIYA, KARTOGRAFIYA, GEOGRAFIYA " KAFEDRASI"GEODEZIYA, KARTOGRAFIYA VA KADASTR" YO'NALISHI 203-GURUH TALABASI

"INJENERLIK GEODEZIYASI" FANIDAN
5-AMALIY ISHI
MAVZU: BINO KONSTRUKSIYALARINING PLANLI IJROIY S’YOMKASI
Topshirdi: _______________ Maxmudov Sh
Qabul qildi: _______________ Panayev S

BINO KONSTRUKSIYALARINING PLANLI IJROIY S’YOMKASI
Ijroiy s’yomkada bino konstruksiyalarining fazoviy holati aniqlanib, ularning loyihaviy xolatdan chetlanishi xisoblanadi va ijroiy chizmasi tuziladi. Ijroiy s’yomka natijalari asosida montaj ishlarining sifati baholanadi va bino konstruksiyalarining ishga yaroqliligi aniqlanadi. Tekshirilayotgan kattalikning turiga qarab ijroiy s’yomka planli va balandlik ijroiy s’yomkalariga bo‘linadi. Bino ustunlarining planli ijroiy s’yomkasi Planli ijroiy s’yomkada ustun o‘qlarini binoning loyixaviy o‘qlaridan chetlanishi aniqlanadi. Ustunlarning loyihaviy holatdan chetlanishi, ularning yuqori va pastki kesimlarida binoning bo‘ylama va ko‘ndalang o‘qlari bo‘yicha topiladi. Yuqori kesim bo‘yicha topilgan chetlanish, ustunning tegishli o‘qlar yo‘nalishidagi qiyaligini xisoblash imkonini beradi.
Ustunlarning ijroiy s’yomkasi asosan yon tomonlama nivelirlash usulida bajariladi. Buning uchun A-A o‘qini mahkamlovchi K va M nuqtalaridan o‘qqa perpendikulyar teng kesmalar KK'=MM'=a o‘lchab qo‘yilib, A-A o‘qqa parallel bo‘lgan K'M' chizig‘i hosil qilinadi. Bu nuqtalardan biriga, misol uchun K' nuqtaga teodolit o‘rnatilib, M' nuqtaga vizirlanadi. So‘ngra ustunning yuqori va pastki qismlariga gorizontal o‘rnatilgan reykalardan byu va bp sanoqlari olinadi. Sanoqlar reykaning qora b' va qizil b'' tomonlaridan olinadi. Sanoqlar to‘g‘riligi ularning haqiqiy farqi:
F= b'- b"
bilan nazariy farqni Fn solishtirish orqali teshiriladi. Joydagi ishlar ustunlarning har ikkala tomonidan l1 va l2 masofalarni o‘lchash bilan tugatiladi. Barcha o‘lchash natijalari millimetr birligida ijroiy s’yomka jurnaliga yoziladi. Ustunning yuqori kesimida reykaning qora va qizil tomonidan olingan sanoqlar chiziq yuqorisiga, pastki kesimidan olingan sanoqlar chiziq pastiga yoziladi.
Planli ijroiy s’yomka natijalarini ishlash, sxema chizishdan boshlanadi. Buning uchun chizma qog‘ozga ixtiyoriy masshtabda bino va ustunlarning o‘qlari tushiriladi. Ish natijalarini chizmada bemalol va ravshan ko‘rsatish imkoniyati bo‘lishi uchun ustunlar o‘lchamlarini kattalashtirib tasvirlash maqsadga muvofiqdir. Ijroiy s’yomka jurnalida keltirilgan o‘lchash natijalaridan foydalanib, ustun o‘qining bino o‘qidan chetlanishlari yuqori Δyu va pastki Δp kesimlarda, reykaning qora Δ' va qizil Δ" tomonlari bo‘yicha hisoblab topiladi.
Δyu ′= a-byu`-l
Δyu ``= a-(byu``-Fn)-l
Δp ′= a-bp`-l
Δp ``= a-(bp’’-Fn)-l
Berilgan kesmada reykaning qora va qizil tomonlari bo‘yicha xisoblangan chetlanishlar orasidagi farq 5 mm dan oshmasligi kerak, ya’ni
|Δyu ′−Δyu''|≤5mm
|Δp ′−Δp''|≤5mm
Agar shart bajarilmasa xisoblash ishlarining to‘g‘ri bajarilganligi va reykadan olingan sanoqlarning to‘g‘riligi reykaning nollar farqi orqali tekshirib ko‘riladi. Agar shart bajarilsa, chetlanishning yakuniy qiymati sifatida o‘rtacha chetlanish olinadi
Δyu=0.5(Δyu ′+Δyu”),
Δp=0.5(Δp ′+Δp”).
Variant: a-450 b'- 0291;5071 b''- 0290;5070 l1-304 l2-296
l=0,25x(l1+l2)=0,25x(304+296)=150
Δyu ′= 450-291-150=+9mm
Δyu ``= 450-(5071-4784)-150=+13mm
Δp ′= 450-291-150=+9
Δp ``= 450-(5070-4784)-150=+12


|9−15|≤5mm
|9−14|≤5mm
Δyu=0.5(9+15)=0.5x24=12
Δp=0.5(9+14)=0,5x23=11,5
Yüklə 151,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin