Geografik joylashuvi



Yüklə 192,5 Kb.
səhifə4/11
tarix13.05.2022
ölçüsü192,5 Kb.
#57881
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
O\'z-ton Geografyasii

Qishloq ho‘jaligi 

Respublika qishloq ho’jaligi mamlakat iqtisodiyotining eng muhim va yirik, mehanizatsiyalashgan tarmog‘i bo’lib aholining oziq-ovqat mahsulotlariga, engil va oziq-ovqat sanoati tarmoqlarining hom ashyoga bo’lgan talabini qondiradi. Qishloq ho’jalikda mamlakatning iqlim, er-suv va mehnat resurslaridan hamda dehqonchilik madaniyatidan unumli foydalanish negizida pahtachilik etakchi tarmoq hisoblanadi. O’zbekiston jahonda pahta hosili bo’yicha 5-chi o’rinda, pahta tolasi eksporti bo’yicha 2-o’rinda turadi. Respublikada meva, uzum va sabzavotning yuqori sifatli navlari etishtiriladi va eksport qilinadi. O’zbekiston o’zining sifatli pillasi va qorako’li bilan ham dunyoga mashhurdir. 

Respublika aholisining 60 foizidan ziyodi qishloq joylarda yashaydi. 
Tashqi siyosat
O’zbekiston Respublikasi halqaro munosabatlarning to’la huquqli sub'ektidir. Uning tashqi siyosati davlatlarning suveren tengligi, kuch ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning dahlsizligi, nizolarni tinch yo’l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik qoidalariga va halqaro huquqning umum e'tirof etilgan boshqa qoidalari va normalariga asoslanadi.

Respublika davlatning, xalqning oliy manfaatlari, farovonligi va xavfsizligini ta'minlash maqsadida ittifoqlar tuzishi, hamdo’stliklarga va boshqa davlatlararo tuzilmalarga kirishi va ulardan ajralib chiqishi mumkin.

Chet davlatlar hamda BMT va boshqa halqaro tashkilotlarida O’zbekiston Respublikasining 46 diplomatik va konsullik vakolathonalari mavjud.

Respublika ko’plab halqaro tashkilotlar a'zosi sifatida jahon hamjamiyati bilan samarali hamkorlik qiladi. 



Yüklə 192,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin