Geografik joylashuvi



Yüklə 192,5 Kb.
səhifə7/11
tarix13.05.2022
ölçüsü192,5 Kb.
#57881
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
O\'z-ton Geografyasii

Davlat hokimiyati

Prezident


Oliy Majlis
Hukumat
Sud hokimiyati
Markaziy sailov komissiyasi
Hisob palatasi
Prokuratura
Davlat va ho’jalik boshqaruvi organlari
Mahalliy davlat hokimiyati organlari




Davlat rahbari

O’zbekiston Respublikasining Prezidenti davlat boshligidir va davlat hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishini hamda hamkorligini ta'minlaydi. 

O’zbekistonda Prezident lavozim sifatida 1990 yil 24 martda ta'sis etilgan. 

O’zbekiston Respublikasining Prezidenti O’zbekiston Respublikasining fuqarolari tomonidan umumiy, teng va to’gridan-to’gri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo’li bilan etti yil muddatga saylanadi. Prezidentni saylash tartibi O’zbekiston Respublikasining qonuni bilan belgilanadi.


Parlament

O’zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organi bo’lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi. 

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi ikki palatadan — Qonunchilik palatasi (quiy palata) va Senatdan (yuqori palata) iborat.

 

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati vakolat muddati — besh yil.


Ijro hokimiyati

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi hokimiyatni amalga oshiradi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, uning o’rinbosarlari, vazirlar, davlat qo’mitalarining raislaridan iborat. Qoraqalpogiston Respublikasi Hukumatining boshligi Vazirlar Mahkamasi tarkibiga o’z lavozimi bo’yicha kiradi. 

 

Vazirlar Mahkamasining tarkibi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan shakllantiriladi. O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tomonidan ko’rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Vazirlar Mahkamasining a'zolari O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri taqdimiga binoan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.



Vazirlar Mahkamasi iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma'naviy sohaning samarali faoliyatiga rahbarlikni, O’zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoiyshlari ijrosini ta'minlaidi.



Yüklə 192,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin