География, кимё, биология фанлари быйича фан ойликларини ытказиш юзасидан методик



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix17.02.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#84662
  1   2   3   4
Aniq va tabiiy Fan oyligiga tavsiya



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI 
VAZIRLIGI HUZURIDAGI 
RESPUBLIKA TA’LIM MARKAZI 
 
 
 
 
 
UMUMIY O‘RTA TA’LIM MAKTABLARINING
“ANIQ FANLAR” FAN OYLIGINI TASHKIL ETISH 
BO‘YICHA TAVSIYALAR 
 
 
 
 
 
 
 
TOSHKENT-2021 



Tuzuvchilar:
Z.B.Sangirova - Xalq ta’lim vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazi Aniq va tabiiy 
fanlar bo‘limi boshlig‘i. 
Q.X.Bektoshev - Xalq ta’lim vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazi matematika fani 
metodisti. 
A.I.Abdullajonov - Xalq ta’lim vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazi informatika va 
axborot texnologiyalari fani metodisti. 
F.B.Alimxanova - Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi 193-maktabining informatika va 
axborot texnologiyalari fani o‘qituvchisi. 
 
“ANIQ FANLAR” FAN OYLIGI UCHUN TAVSIYALAR 
 
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’lim vazirining 
2020-yil 13-avgustdagi 183-sonli buyrug‘iga asosan matematika va informatika fanlaridan fevral 
oyida “Fan oyligi” o‘tkazilmoqda. 
Fan oyligini o‘tkazishga mahalliy sharoitlarni inobatga olib, ijodiy yondoshgan holda 
quyidagilarga e’tibor qaratish tavsiya etiladi: 

o‘quvchilar bilan sinfdan tashqari vaqtda ularning olgan bilim, ko‘nikma va malakalarini 
mustahkamlash, fanga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida, sinflar va maktablararo 
«Yosh matematiklar», «Nima? Qaerda? qachon?» kabi qiziqarli mavzularda tadbirlar, fan 
bilimdonlari bellashuvi va bahs-munozaralar o‘tkazish;

DTS talablari asosida o‘quvchilarning yuqoridagi fanlar asosida egallashlari lozim bo‘lgan 
bilim, ko‘nikma va malakalari monitoringini aniqlash; 

tahlillar asosida o‘quvchilarning fanlar bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarida 
aniqlangan bo‘shliqlarni to‘ldirishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash; 

o‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, yuqori sifat samaradorlikka erishish, 
fanlar yo‘nalishidagi yangiliklarni izlab topish va ta’lim jarayoniga tadbiq etish
o‘quvchilarning hozirgi zamon fan va texnikasini o‘rganishga bo‘lgan intilishlarini 
o‘stirish; 

ta’lim jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchilar hamkorligida mahorati, iqtidori va qobiliyatini 
yana ham kengroq namoyish qilib ko‘rsatish; 

o‘quvchilar nazariy olgan bilimlarini amaliyotda qo‘llash ko‘nikma va malakalarini hosil 
qilishda dars jarayonida ko‘rgazmali vositalardan unumli foydalanish; 

matematika va informatika fanlaridan yaratilgan elektron darslik va multimedia 
vositalaridan, o‘quv film qo‘llanmalaridan dars jarayonida samarali foydalanish; 

o‘qituvchilarning o‘z tajribalarini almashish, yosh o‘qituvchilarga metodik yordam berish 
maqsadida hududlarda tashkil etilgan tayanch maktablari faoliyatini yanada jonlantirish; 

darsdan keyin o‘tkaziladigan tadbirlarning ta’lim tarbiya jarayonidagi ahamiyatini 
ko‘rsatish; 

o‘qituvchi va o‘quvchilarni fan sohasida olib borilayotgan ishlar va yangiliklar bilan
tanishtirish; 

o‘qitish jarayonida ilg‘or pedagogik texnologiyalardan, kompyuter texnikasidan foydalanib 
dars tashkil etish. 
Shuningdek, maktabda mazkur predmetlarga doir devoriy gazetalar chiqarish, fanlar 
bo‘yicha qiziqarli ma’lumotlar, internet sahifalaridan olingan fan yangiliklari haqidagi 
materiallarni berish maqsadga muvofiqdir. 



Mazkur fanlar bo‘yicha ochiq darslarni o‘tkazishda ilg‘or pedagogik texnologiyalardan 
foydalanib dars ishlanmalari tayyorlanadi hamda ular asosida darslar tashkil qilinadi va ilg‘or ish 
tajribalarni o‘rganish asosida ommalashtiriladi. Maktabda fanlar yo‘nalishlari bo‘yicha tashkil 
etilgan metodbirlashma rahbarlari, ilg‘or o‘qituvchilar tomonidan o‘qitish samaradorligini 
oshirishga qaratilgan dars ishlanmalari, test topshiriqlari, didaktik materiallar va nazorat ishlari 
to‘plamlarining tayyorlanishi tavsiya qilinadi. O‘quvchilarning turli yo‘nalishdagi ijodiy ishlar 
(illustrasiya, taqdimotlar, videoroliklar) yuzasidan tanlovlar tashkil etiladi. 
Maktabda o‘quvchilarni matematika va informatika va AT fanlariga qiziqtirish 
maqsadida fan to‘garaklari va sinfdan tashqari mashg‘ulotlarni yanada qiziqarliroq tarzda 
o‘tkazish, matematik va informatika fanlaridan bellashuvlar, viktorinalar, qiziqarli bahs-
munozaralar, tematik albomlar tanlovi va boshqa tadbirlar o‘tkazilishi ijobiy samara beradi. 
Mahalliy imkoniyatlardan kelib chiqqan holda shahar, viloyat markazlaridagi oliy o‘quv 
yurtlari professor-o‘qituvchilari, olimlar, darslik mualliflari bilan uchrashuvlarni tashkil etish, 
maktablarda o‘quvchilarning ijodiy ishlaridan namunalar asosida ko‘rgazmalar tashkil etilishi 
maqsadga muvofiqdir. 
Tadbirni bir sinf yoki parallel sinflarni qo‘shib o‘tkazish mumkin. Buning uchun 
tayyorgarlik ko‘rish va reja tuzish lozim. She’r, qo‘shiq, musobaqa shartlari, viktorina savollari 
shular jumlasidandir. Musobaqa shartlari orasida musiqiy chiqishlar qo‘yish mumkin. 
Musobaqada ishtirok etadigan o‘quvchilar guruhlarga bo‘linadilar. Quyida ba’zi shartlardan 
namunalar keltirilgan:

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin